Indoneziya hukumati Turkiyaga minnatdorlik bildirdi

“Sunda bo’g’ozida ro’y bergan tsunami falokatidan so’ng, Turkiya Indoneziyadagi jabrlangan insonlarga yordam qo’lini uzatdi. Biz Turkiyadan minnatdormiz”,-deydi G’arbiy Java shtati hokimi.

1114627
Indoneziya hukumati Turkiyaga minnatdorlik bildirdi

Indoneziya tsunami falokatidan so’ng yordam qo’lini uzatgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

Bu haqda G’arbiy Java shtati hokimi Ridvan Kamil ma’lum qildi.

“Sunda bo’g’ozida ro’y bergan tsunami falokatidan so’ng, Turkiya Indoneziyadagi jabrlangan insonlarga yordam qo’lini uzatdi. Biz Turkiyadan minnatdormiz”,-deydi G’arbiy Java shtati hokimi.

“Turk xalqi Indoneziyaga hech qachon yordamini ayamagan. Bundan oldin sodir bo’lgan tabiiy ofatlarda ham Turkiya birinchilardan bo’lib yordam bergan. Islom davlati sifatida musulmon qardoshlikning ahamiyati shu bo’lsa kerak. Turkiyaning mardligi va hayrsevarligi uchun yana bir bor minnatdorlik bildiramiz”,-deydi u.

Shu yilning 28 sentyabr kuni Sulavesi orolidagi Palu ko’rfazida sodir bo’lgan 7.5 bal zilzila va ortidan yuzaga kelgan tsunami falokatida ham Turk qizil yârim oy jamiyati, Turkiya din ishlari boshqarmasi, Gumanitar yordam fondi va Hayrat fondi kabi Turkiyadan bir qator nodavlat tashkilotlar Indoneziya xalqi uchun yordam safarbarligini boshlagan edi.

Ushbu falokatda 2 mingdan ziyod aholi nobud bo’lgan edi, 1500 ga yaqin inson bedarak yo’qolgan edi.

Eslatish joizki, 22 dekabrda Sumatra va Java oroli o’rtasida joylashgan Sunda bo’g’ozida ro’y bergan tsunamida halok bo’lganlar soni 430 kishiga yetdi, yaradorlar soni esa mingdan oshdi. 159 kishi badarak yo’qoldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Indoneziya , #Turkiya , #minnatdorlik

Aloqador xabarlar