Eron prezidenti Hasan Ruhoniy davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi

Oliy martabali mehmon poytaxt Ankaradagi Esenbo'g'a aeroportida Turkiya energiya va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez va boshqa vakillar tomonidan kutib olindi.

1110442
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy kecha davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Oliy martabali mehmon aeroportda Turkiya energiya va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez va boshqa vakillar tomonidan kutib olindi.

Bugun, 20 dekabr payshanba kuni poytaxt Ankarada Turkiya-Eron oliy darajali hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tadi.

Mazkur yig’ilish Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy rahbarligida bo’lib o’tadi.

Ikki davlatning tegishli vazirlari ishtirok etadigan yig’ilishda Turkiya bilan Eron o’rtasidagi munosabatlar har tomonlama ko’zdan kechiriladi.

Shu bilan birga, o’zaro munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar haqida fikr almashiladi.

Hasan Ruhoniy Turkiyaga safari oldidan Tehrondagi Mehrobod aeroportida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Turkiya-Eron munosabatlariga to’xtalib o’tdi.

“Turkiya Eronga qo’shni, do’st va mintaqaning eng faol davlati sifatida biz uchun juda muhim. Turkiya bilan tarixiy, madaniy va mushtarak diniy qadriyatlargan egamiz. Turkiyaning, shaxsan prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning ohirgi paytlarda AQShning sanksiyalariga qarshi Eronni himoyalovchi munosabati juda o’rinli edi”,-deya ta’kidlagan Hasan Ruhoniy.



Aloqador xabarlar