Erdo'g’an YTH bo’yicha kerakli davlat muassasalarining safarbar etilisihini talab qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an Anqara-Qoniya yo’lida yuz bergan YTH bo’yicha kerakli davlat muassasalarining safarbar etilisihini talab qildi

1106188
Erdo'g’an YTH bo’yicha kerakli davlat muassasalarining safarbar etilisihini talab qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Anqara-Qoniya qatnovini amalga oshirgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd duch kelgan yo’l-transport hodisasi haqida Transport va infratuzilma vaziri Jahit Turhan bilan Ichki ishlar vaziri Suleyman So’yludan ma’lumot oldi.

Natijada, barcha davlat muassasalarining safarbar etilisihini talab qildi.

Prezidentlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra Prezident Erdo'g’an bugun ertalab Anqara-Qoniya yo’lida, soat 06:36 da yuz bergan yo’l-transport hodisasi oqibatida jon berganlar tufayli chuqur qayg’uda ekanligini ham o’z so’ziga ilova etgan.  

Shuningdek voqea chog’ida jon berganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tilagan Prezident Erdo'g’an, hodisa haqida barcha kerakli davlat muassasalarining (tibbiy xizmat ko’rsatib, jarohat olganlarni qutqarish borasida yordam beruvchi) safarbar etilishining ahamiyatini ta’kidlagan.



Aloqador xabarlar