Vladimir Putin:"Turkiya ishonchimizni oqladi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Argentinada o’tgan G-20 sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashganligini ma’lum qildi.

1098913
Vladimir Putin:"Turkiya ishonchimizni oqladi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Argentinada o’tgan G-20 sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashganligini ma’lum qildi.

“Suriyadagi vaziyatni hal qilish uchun prezident Erdo’g’an bilan barcha imkoniyatlardan foydalanyabmiz. Gap konstitutsiya komitetini tashkil qilishda ketmoqda. Ish juda nozik va katta sabr talab qiladi. Haqiqatdan ham buni amalga oshiryabmiz. Juda ehtiyorkorlik bilan harakat qilishimiz zarur”,-dedi Putin.

Suriyada konstitutsiya komiteti tashkil qilish masalasini muhokama qilar ekanmiz, har qanday pozitsiyani va ko’z-qarashlarni hisobga olish kerakligini bildirgan Putin: “Eronlik hamkorlarimizning ham pozitsiyasini diqqatga olishimiz kerak. Albatta, Damashqning pozitsiyasini aniqlamasdan harakat qila olmaymiz. Shu sababli ishlar juda murakkab. Bunga qaramay, faoliyatlarimiz davom etmoqda”,-dedi.

Idlibdagi vaziyatdan xavotirda ekanligini tilga olgan Putin: “Turk hamkorlarimiz "qurollardan holi zona" tashkil qilishga harakat qilyabdi. Maxsus kuchlarimiz va mudofaa vazirlarimiz bu masalani yaqinda hal qiladi degan umiddaman”,-dedi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha G-20 sammiti doirasida Turkiya prezidenti Erdo’g’an bilan uchrashgan edi.

“Sammitda janob Erdo’g’an bilan uchrashganimdan bahtiyorman. Bundan ko’p o’tmay Istanbulda ham uchrashish imkoniga ega bo’lgandik. Turk oqimi loyihasining dengizdan olib o’tiladigan bosqichining ochilishini birgalikda nishonlagan edik”,-dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya tashqi siyosatda bir hamkor sifatida qanchalik ishonarli ekanligini isbotladi. Bizning ishonchimizni oqladi. Shu sababli ikki davlat munosabatlari juda ko’plab sohalarda mustahkam davom etadi.

Savdo-iqtisodiy munosabatlar ham rivojlanganligiga diqqat qaratgan Putin, Turk oqimi loyihasi ikki mamlakat iqtisodiyoti va energiya xavfsizligini ta’minlashga katta hissa qo’shishini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar