Turkiyada terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda

Oxirgi bir hafta mobaynida Turkiyada ichki xavfsizlik uchun uyushtirilgan amaliyotlarda 18 terrorist yo’q qilindi.

1095213
Turkiyada terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda

Oxirgi bir hafta mobaynida Turkiyada ichki xavfsizlik uchun uyushtirilgan amaliyotlarda 18 terrorist yo’q qilindi.  

Ichki ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra 19-noyabrdan boshlab 26-noyabrgacha 2680 amaliyot uyushtirildi.

Mazkur amaliyotlarda PKK terror tashkiloti bilan aloqasi bor 212, Fetullahchi terror tashkiloti bilan aloqasi bor 585, DEASh terror tashkiloti bilan aloqasi bor 31 va so’l qanot terror tashkilotlari bilan aloqasi bor 38 kishi nazorat ostiga olindi.

Terror tashkilotini propaganda qilgan va nafrat mazmunidagi so’zlarga o’rin bergan 355 ijtimoiy media hisobi ustidan faoliyat olib borilib, natijada, 286 kishi ustidan huquqiy choralar ko’rildi.

Shu bilan birga Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirgan 4 482 kishi qo’lga tushirildi. Ulardan 332 tasi dengiz yo’llarida qo’lga tushirilgan.  



Aloqador xabarlar