Chavusho’g’li Vashingtonda Mike Pompeo bilan uchrashadi

Mevlut Chavusho’g’li AQShning Nyu-York shahriga bo’lgan tashrifi ortidan bugun poytaxt Vashingtonda.

1091376
Chavusho’g’li Vashingtonda Mike Pompeo bilan uchrashadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo bilan uchrashuv o’tkazadi.

Mevlut Chavusho’g’li AQShning Nyu-York shahriga bo’lgan tashrifi ortidan bugun poytaxt Vashingtonda.

Chavusho’g’li u yerda amerikalik kasbdoshi Pompeo bilan uchrashadi.

Ikkala vazirning 2-oktabr kuni rasmiy hujjat uchun Saudiya Arabistonining Istabuldagi Bosh konsullik binosiga kirib, vayshiylarcha o’ldirilgan Jamol Kashikchi jinoyati, Suriyaning Manbij mintaqasining YPG/ PKK terror tashkilotidan qutqarilishi, Fetullahchi terror tashkilotining ekstraditsiya qilinishi masalalarini qo’lga olishi kutilmoqda.   

Uchrashuvda boshqa mintaqaviy va xalqaro masalalar ham qo’lga olinadi.

Chavusho’g’li kecha oqshom Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashuv o’tkazar ekan ular Kashikchi jnioyati bilan birga Yaman, Suriya va Kiprdagi vaziyatni qo’lga olgan edi.



Aloqador xabarlar