Erdo'g'an, Qoshiqchini qatl etilish farmonining yuqori martabadan kelganini izohladi

Prezident Erdo'g'an, Jamol Qoshiqchini qatl etilish farmonining, Saudiya hukumatining yuqori martabasidan kelganini izohladi.

1080700
Erdo'g'an, Qoshiqchini qatl etilish farmonining yuqori martabadan kelganini izohladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'an, jurnalist Jamol Qoshiqchini qatl etilish farmonining, Saudiya hukumatining yuqori martabasidan kelganini izohladi.

Erdo'g'an, Amerikan Washington Post gazetasida yozgan maqolasida, Jamol Qoshiqchi o'ldirilgandan keyin Turkiyaning uslubini tushuntirdi.

Prezident Erdo'g'an, "Saudiya Arabistonining Qoshiqchi jinoyati bilan aloqali savollarga javob berishi kerak. O'lim farmonini, Saudiya hukumastining yuqori darajali organlaridan kelganini bilamiz. Qrol Salmonning farmon berganiga ishonmagan edim" dedi.

Erdo'g'an, "Jinoyat sodir etganlarning, Saudiya Arabistonida qo'lga olingan 18 shubhali orasida bo'lganini bilamiz. Qoshiqchini qatl etilganiga bir oy bo'ldi, hech bo'lmasa Islomiy uslullarga ko'ra dafn etilishi kerak" deb ifoda etdi.

Erdo'g'an, "Mavjud dalillarni, boshda AQSh bo'lish ittifoqdoshlarimiz bilan bahamlashdik. Riyod bilan uzoq yillarga borib tayangan do'stligimiz, ko'zlar oldida sodir etilgan bu jinoyatga sassiz turish ma'nosiga kelmaydi. Boshqa hech kim bir NATO a'zosi davlatda bu kabi qabih bir jinoyat bo'lmasligi kerak. Natijalari og'ir bo'ladi Saudiyalik vakillar, adolatga xizmat qilish o'rniga Qoshiqchi qurbon bo'lgan jinoyatni bosti-bosti qilishi afsuski xafagarchilik yaratmoqda" deb so'zladi.

2- Oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga borgan Jamol Qoshiqchidan qayta xabar olmagan edi.

Istanbul bosh prakuraturasidan berilgan bayonotda Qoshiqchining konsulikka kirishi bilan bo'g'ib o'ldirilgani va jasadining parchalanib bartaraf etilganini bildirgan edi.



Aloqador xabarlar