Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Turkiyaga tashrif buyuradi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko 3 noyabrda Istanbulda bo'lib o'tadigan Turkiya-Ukraina oliy darajali strategik kengashi yig’ilishida ishtirok etadi.

1079727
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Turkiyaga tashrif buyuradi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Turkiyaga tashrif buyuradi.

U Turkiya-Ukraina oliy darajali strategik kengashi yig’ilishida ishtirok etadi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Ukraina prezidenti Petro Poroshenko boshchiligida bo’lib o’tadigan yig’ilish 3 noyabr, shanba kuni Istanbulda o’tkaziladi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur yig’ilishga ikki davlatdan qator vazirlar ishtirok etadi.

Yig’ilishda Turkiya va Ukraina o’rtasidagi munosabatlar ko’zdan kechiriladi.

Shuningdek, ikki davlat o’rtasidagi strategik hamkorlik munosabatlarini mintaqaning tinchligi, barqarorligi va farovonligiga yana ham katta hissa qo’shadigan shaklda takomillashtirish imkoniyatlari ustida bosh qotiriladi.

Bu jihatdan ikki davlat o’rtasida bir qator shartnoma va protokollarning imzolanishi rejalangan.

 



Aloqador xabarlar