TQK, PKK terror tashkilotiga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Turkiyaning Shirnak viloyatiga qarashli bir qishloq bilan Iroqning shimolida 30-31 oktabr kunlari havo hujumi uyushtirildi.

1078639
TQK, PKK terror tashkilotiga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Turkiyaning Shirnak viloyatiga qarashli bir qishloq bilan Iroqning shimolida 30-31 oktabr kunlari uyushtirilgan havo hujumida PKK terror tashkilotiga a’zo 11 terrorist yo’q qilindi.

Xavfsizlik manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra Judiy tog’ining Helinapir tepaligida Uchuvchisiz havo vositasi yordamida PKK a’zolarining borligi aniqlangan.

Ortidan uyushtirilgan havo hujumida PKK terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist yo’q qilingan.

Iroqning shimolidagi Gara, Zab, Metina va Avashin-Basyan mintaqalaridagi terroristlarga qarshi kecha uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ham, bazalarga qarshi hujum qilish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi aniqlangan 7 terrorist yo’q qilingan.

Amaliyot natijasida terror tashkilotiga oid boshpana va o’q-dori omborxonalari ham foydalanishdan chiqarilgan.



Aloqador xabarlar