Turkiyada terrorizmga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Ichki ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra 15-oktabrdan boshlab 22-oktabrgacha 2 ming 829 amaliyot amalga oshirilgan.

1073131
Turkiyada terrorizmga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Terror tashkilotiga qarshi kurashda oxirgi bir hafta mobaynida uyushtirilgan amaliyotlarda 18 terrorist yo’q qilindi. Qayd etilishicha ulardan biri terrorist liderlaridan biri.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra 15-oktabrdan boshlab 22-oktabrgacha 2 ming 829 amaliyot amalga oshirilgan.

Yo’q qilingan terroristlar orasida “qidiruvdagi terroristlar” ro’yhatining “kulrang”dagi kategoriyasida o’rin olgan Yusuf Tunch ham bor.

Amaliyotlarda PKK terror tashkiloti bilan aloqasi bor 199, Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasi (FETO/ PYD) bilan aloqasi bor 667, DEASh terror tashkiloti bilan aloqasi bor 71 va chap qanot tashkilotlar bilan aloqasi borligi aniqlangan 19 kishi nazorat ostiga olingan.

Terror tashkiloti uchun propaganda olib borgan va nafrat mazmunidagi so’zlar qalamga olgan 250 ta ijtimoiy media hisobi ustidan faoliyat olib borilib, natijada 227 kishi ustidan huquqiy choralar ko’rila boshlagan.



Aloqador xabarlar