Turkiya Afg’onistonda uyushtirilgan hujumni qoraladi

Turkiya Afg’onistonning Qandahor viloyatida xavfsizlik bo’yicha oliy darajada o’tkazilayotgan yig’ilishda uyushtirilgan hujumni qoraladi.

1071908
Turkiya Afg’onistonda uyushtirilgan hujumni qoraladi

Turkiya Afg’onistonning Qandahor viloyatida xavfsizlik bo’yicha oliy darajada o’tkazilayotgan yig’ilishda uyushtirilgan hujumni qoraladi.  

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda Afg’onistonda, Qandahor viloyat gubernatori rahbarligida o’tkazilayotgan yig’ilish chog’ida yuz bergan hujum oqibatida ko’pchiliknnig jon berganligi haqidagi ma’lumotning chuqur qayg’u bilan olinganligi qayd etildi.

Bayonotda shuningdek,

Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash say-harakatlarini natijasiz qilishni nishonga olgan bu hujumni qoralaymiz. Jon berganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz” deyildi.

Aytib o’tish joizki mazkur hujumda Qandahor Politsiyasi direktori general Abdulrazoq Achikzey bilan viloyat razvedkasi rahbari Abdulmo’min Husainkhil jon bergan bo’lib Amerika Qo’shma Shtatlari va NATO kuchlari qo’mondoni Scott Miller sog’ salomat qutilgan edi.

Shuningdek hujumni Tolibon o’z bo’yniga olgan.



Aloqador xabarlar