Saudiyalik rasmiylar Istanbuldagi Bosh konsuliga oid rezidentsiyasiga bordi

Rezidentsiyasida kecha oqshom amalga oshirilishi rejalashtirilgan tintuv ishlari keyingiga qoldirilgan edi.

1070581
Saudiyalik rasmiylar Istanbuldagi Bosh konsuliga oid rezidentsiyasiga bordi

Shu yilning 2-oktabrida yo’qolgan saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi uchun 11 nafar saudiyalik rasmiy, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsuliga oid rezidentsiyasiga bordi.

Rezidentsiyasida kecha oqshom amalga oshirilishi rejalashtirilgan tintuv ishlari keyingiga qoldirilgan edi.

Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu rezidentsiyasida tintuv o’tkazilishi uchun (Saudiya tomonining) bir qabuli borligini lekin boshlashi uchun kelishib olinishi kerakligini qayd etgan edi.

Politsiya va voqea o'rnini tintuv xodimlari, konsullik binosida tunov kuni 9 soatdan ortiq faoliyat olib borgan edi.

Mazkur faoliyat chog’ida, “Lyuminol” deb nomlangan metod orqali maxsus nur o’rnatilganidan keyin foydalanilgan kimyoviy modda yordamida bino ichidan ko’plab DNK namunasi olingan.   

Voqea o’rnini tintuv bo’limi xodimlari konsullik binosi va konsullik binosiga ulangan kanalizatsiyadan ham namunalar olgan.  

Politsiya xodimlari shuningdek tekshiruv maqsadida konsullik binosining hovlisidan tuproq namunalari bilan konsullik binosining axlatlari va axlat qutilarini ham olgan.

Qo’lga kiritilgan dalillar Voqea o’rnini tintuv ishlari bo’limi xodimlari tomonidan batafsil tekshiruv ishlarining amalga oshirilishi uchun Kriminal politsiya labaratoriyasiga olib ketgan.

Yer osti garaji va avvallari konsul rezidentsiyasi tomonidan foydalanilgan suv qudug’i ham sinchkovlik bilan tekshirilgan.

Mazkur tintuv chog’ida politsiya organlari Saudiya Arabistonining Istanbul Bosh konsuli Muhammad al Utaybining Turkiyadan ketishiga to’siqlik qilmaganligini, voqeaning hal qilinishi uchun maksimal kuch sarflanganligini qayd etdi.

Saudiya Arabistonining Bosh konsuli kecha Turkiya vaqti bilan soat 17:00 da o’z yurtiga qaytgan edi.



Aloqador xabarlar