Turkiya va AQSh qo'shma harbiy faoliyatlariga tayyorgarliklar davom etmoqda

Qo'shma harbiy faoliyatlarda ishtirok etish uchun AQSh qurolli kuchlaridan bir guruh mutahassis 2 oktyabr kuni Turkiyaga keldi.

1068375
Turkiya va AQSh qo'shma harbiy faoliyatlariga tayyorgarliklar davom etmoqda

Suriyaning Munbich viloyatida Turkiya va AQSh qo'shma harbiy faoliyatlariga tayyorgarliklar davom etmoqda.

Qo'shma harbiy faoliyatlarda ishtirok etish uchun AQSh qurolli kuchlaridan bir guruh mutahassis 2 oktyabr kuni Turkiyaga keldi.

Turkiyaning Gaziantep viloyatiga tashrif buyurgan AQSh mutahassislari turk askarlar bilan birgalikda 5 oktyabr kuni qo'shma harbiy faoliyatlarda ishtirok etadi.

Ikki davlatning harbiy xodimlari tayyorgarlik mashg'ulotlarida qo'shinning taktik vositalari va qurol tuzilmalari haqida ma'lumot oldi.

Terror tashkiloti DAISh va uning Suriyadagi harakatiga qarshi harbiy kurash olib borish maqsadida tashkil qilingan Qo'shma mushtarak xizmat kuchi-Tabiiy qat'iylik harakati guruhi ham harbiy mashg'ulotlarni kuzatib bordi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #qo'shma harbiy mashg'ulot

Aloqador xabarlar