Turkiya tashqi siyosatiga nazar 41-qism

Dasturimizning bugungi sonida G-20 guruhining Turkiya iqtisodiyotiga va Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’siri haqida bahs yuritamiz.

1066258
Turkiya tashqi siyosatiga nazar 41-qism

 

“Katta yigirmalik” guruhi ya’ni G-20, iqtisodiy tahlikalar hukmron bo’lgan bir davrda Turkiya uchun katta istiqbol va’da qiladi. Dasturimizning bugungi sonida G-20 guruhining Turkiya iqtisodiyotiga va Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’siri haqida bahs yuritamiz.

Turkiya Respublikasi mintaqaviy va global jarayonda jiddiy iqtisodiy xavflar va ayni paytda fursatlarga duch kelgan bir paytda mamlakatning G-20 davlatlari tarkibidagi istiqboli katta ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning taqdiri muhokama qilinayotgan shu kunlarda diplomatiyaning farqli jabhalaridan biri Turkiya tomonidan hayotga tadbiq etilmoqda. Eslatish joizki, shu yilning iyul oyida Argentina poytaxti Buenos Airesda G-20 davlatlari moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari sammiti bo’lib o’tdi.

Dunyoning eng yirik 20 davlatining moliya vazirlari va markaziy banklarining rahbarlari ishtirokida bo’lib o’tgan sammit ikki kun davom etdi. Mazkur sammitga Turkiyadan hazina va moliya vaziri Berat Albayrak bilan markaziy bank rahbari Murat Chetinkaya ishtirok etdi. Shuningdek, sammitda Moliyaviy barqarorlik Kengashi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon savdo tashkiloti, BMT, Jahon banki rahbarlari ham ishtirok etdi. 

AQSh Prezidenti Donald Trumpning Yevropa ittifoqi, Kanada, Meksika va Xitoy hamda boshqa bir qator mamlakatlarga qaratilgan bojxona soliqlari va “qasosga qasos bilan javob berish” tushunchasi ortidan uyushtirilgan sammitda asosiy mavzu avj olgan savdo tarangligi bo’ldi.

Bunga qo’shimcha sifatida kripto pullar, soliq solish va sun'iy zakodan bahs yuritilayotgan bu davrda ish bilan bandlik kabi xususlar ham muhokama markazidagi mavzular bo’ldi.

Eko-siyosat tushunchasining ahamiyati kuchayib borayotgan bir paytda G-20 qanday ro’l o’ynaydi? Turkiya uchun bu guruhning qanday ahamiyati bor? degan savollar tug’iladi.

G-20 va uning zamonaviy dunyo taraqqiyotidagi o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak, bu tashkilot G-7 tashabbusi bilan paydo bo’lganligini aytish zarur.  G-20 1999 yilning 26 sentyabr kuni G-7 moliya vazirlari sammitida tashkil topdi.

“Katta yigirmalik” (G20 — inglizcha The Group of Twenty, major advanced and emerging economies) — hukumat va markaziy bank rahbarlarining klubi bo‘lib, unga iqtisodi taraqqiy etgan Avstraliya, AQSh, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika Respublikasi, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi kiradi.
Yevropa Ittifoqi nomidan Yevrokomissiya va Yevropa Kengashi raislari ishtirok etadi. Shuningdek, G-20 anjumanlarida Moliyaviy barqarorlik Kengashi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon savdo tashkiloti, BMT, Jahon banki rahbarlari ham ishtirok etadi. 
Sammitlarda nafaqat iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liq masalalar, balki, boshqa dolzarb muammolar ham muhokama qilinadi. Xususan, iqtisodiy taraqqiyotni amalga oshirish maqsadida a’zo mamlakatlar o‘z zimmasiga oladigan ijtimoiy majburiyatlar ham mavzu bo‘lishi mumkin. 

Dunyo aholisining uchdan ikki qismi istiqomat qiladigan G-20 mamlakatlari hissasiga yalpi milliy mahsulotning 85 foizi, jahon savdosining 75 foizi to‘g‘ri keladi. 

Ma’lum bo’lgani kabi G-20da rasmiy qaror qabul qilish mehanizmi mavjud emas. Har bir a’zo o’z fikrlarini o’rtaga tashlaydi va kelishuv tamoyiligiga binoan yo’l haritasi tuziladi. Zotan, G-20 klubi o’zini “global iqtisodiy mavzular yuzasidan o‘zaro fikr almashadigan siyosiy maydon” sifatida ta’riflaydi.

G-20 bir qator xalqaro tashkilotlar kabi doimiy xodimlariga ega emas. Bosh kotibligi ham yo’q. Tashkilotga rahbarlik jarayoni esa navbat bilan amalga oshiriladi. G-20 tarkibida o’ziga xos guruhlar ham mavjud. Tushuncha tashkilotlarini o’zida mujassam qilgan T-20, mehnat guruhlarini o’zida mujassam qilgan L-20, Yoshlar tashkilotlarini o’zida mujassam qilgan Y-20 bular jumlasidandir. Eslatish joizki, Turkiya 2015 yilda G-20 guruhiga rahbarlik qilgan. Bu davrda ayol huquqlari tashkiloti sifatida W-20 tashkil qilingan.

Turkiya ham iqtisodi yuksak, hamda endigina taraqqiy etib kelayotgan buyuk davlatlarni o’z ichiga olganligi uchun tashkilotda o’z o’rniga ega. G-20ni global iqtisodiy hamkorlik jihatidan eng to’g’ri siyosiy maydon deb baholaydi. Shu sababli, G-20ning barcha faoliyatlariga va anjumanlariga alohida ahamiyat berib keladi. Qolaversa, global iqtisodiy boshqaruvni mustahkamlash jihatidan G-20ning ro’lini kuchaytirish tarafdori.

Turkiya 2014 yilda G-20ga rahbarlik mas’uliyatini zimmasiga oldi va 2015 yilda Antaliyada bo’lib o’tgan G-20 sammiti chog’ida rahbarlik vazifasini Xitoyga topshirdi.

Jahon iqtisodiy tizimi qaytatdan shakllanayotgan bir davrda Turkiya avvalgi davrlardan farqli ravishda bir chetda tomoshabin bo’lib turgani yo’q. G-20 tashkilotida o’ziga xos o’rniga ega bo’lgan Turkiya endilikda dunyoda yana ham muhim davlatga aylangan. Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish yo’lidagi muzokaralari bu jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Yevropalik ekspertlarning ta’kidlashicha, global raqobat kuchi baland bo’lgan Yevropa Ittifoqi uchun Turkiyaning a’zo bo’lishi Yevroittifoqqa katta hissa qo’shadi.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #G-20 , #Katta yigirmalik

Aloqador xabarlar