Erdo'g'an terrorizmga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom etajagini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an terrorizmga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom ettirilajagini qayd etdi.

1063562
Erdo'g'an terrorizmga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom etajagini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an terrorizmga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom ettirilajagini qayd etdi.

Poytaxt Anqarada bo’lib o’tgan Adolat va taraqqiyot partiyasining navbatdagi yig’ilishida nutq so’zlagan Prezident Erdo'g’an,

Terroristlarning bir-birma Qandilda ham Sinjarda ham yo’q qilinajagini, bundan voz kechilmasligini, xalqning tinchligini buzishga ularning kuchi yetmasligini qayd etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an so’zlagan nutqida Turkiyaning Batman viloyatining Gerjush tumanining Yemishli qishlog’i bilan Mardinning Dargechit tumanining Umutlu qishlog’i chetida tunov kuni harbiy amaliyot uchun yo’lga chiqqan askarlarni tashigan Kobra rusumidagi zirxli harbiy vositaning o’tishi chog’ida, PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan oldindan yo’lga joylashtirib qo’yilgan va qo’lda yasalgan portlaguvchi moddaning portlatilishi natijasida 8 askar shahid qilingan, bir askar esa tan jarohati olgan voqea haqida,

“Bir marotaba o’lib ming marotaba tirilamiz. Sakkizta shahidimiz bo’lsa terroristlar bunga 800 kishilik yo’qotish bilan javob beradi. Buni bilib qoysinlar” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Prezident Suriyaning Manbij shahri atrofida ham PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining kanallar ochganligini belgilab o’tgan holda,

“Manbijning atrofida YPG/PYD terror tashkiloti kanallar ochishyapdi. Ularning hulq-atvori bir xil. Ular bitta tashkilotning a’zolaridir” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar