Turkiyada oxirgi bir haftada PKKga a’zo 28 terrorist yo’q qilindi

Turkiyada oxirgi bir haftada PKK terror tashkilotiga a’zo 28 terrorist yo’q qilindi

1059859
Turkiyada oxirgi bir haftada PKKga a’zo 28 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan shu yilning 24-sentabridan 1-oktabrigacha olib borilgan amaliyot natijasida PKK terror tashkilotiga a’zo 28 terrorist yo’q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi oxirgi bir hafta mobaynidagi terrorizmga qarshi kurashning qanday natija berganligi haqida ma’lumot berdi.

Mazkur ma’lumotga ko’ra oxirgi bir hafta mobaynida ichki xavfsizlik amaliyotlari natijasida 28 terrorist yo’q qilingan. Ulardan 9 nafari o’lik, 11 nafari tiriklayin yoki yarador, 8 nafari esa o’z ixtiyorlari bilan taslim bo’lishgan.

Mamlakatning uchta viloyatida 11 ta boshpana va g’or foydalanishdan chiqarilgan. Undan tashqari qo’lda yasalgan 7 ta granata yo’q qilingan. Shuningdek 13 ta granata, 506 kilogram portlaguvchi modda, 20 ta qurol va ulardan 16 tasi og’ir va uzun stvolli, 1567 ta har xil o'q-dori topilgan.



Aloqador xabarlar