Prezident Erdo'g’an: “Germaniya bilan biz boshdan kechirgan og’ir damlar ortda qolyapdi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, “Germaniyaga bo’lgan tashrifimiz har jihatdan turk-nemis do’stligini yana-da mustahkamlashiga ishonchim komil” dedi.

1059730
Prezident Erdo'g’an: “Germaniya bilan biz boshdan kechirgan og’ir damlar ortda qolyapdi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, “Germaniyaga bo’lgan tashrifimiz har jihatdan turk-nemis do’stligini yana-da mustahkamlashiga ishonchim komil” dedi.

Prezident Erdo'g’an, Twitterdagi rasmiy hisobi orqali 27-28 sentabrdagi Germaniya tashrifi haqida tvit yozdi.

Turkiya-Germaniya munosabati qayta tiklanayotgan shu davrda, Berlinga bo’lgan amaliy tashrif orqali bir necha tarmoqda muloqatni kuchayitish imkoni topganliklarini belgilab o’tgan Erdo’g’an,

“Tashrifimiz davomida anchadan beri to’xtab qolgan hamkorlik mexanizmlarini takror jonlantirish masalasida hurmatli kantsler Angela Merkel bilan kelishib oldik. Germaniya bilan yaqindagina biz boshdan kechirgan og’ir damlar mana endi ortda qolyapdi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Erdo’g’an, 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi ortidan Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi kurash olib borish maqsadida yo’lga qo’yilgan Favqulodda vaziyatning 24-iyundagi saylov munosabati bilan to’xtatilganligini eslatgan holda, Prezidentlik tizimi orqali mamlakatning takror islohotlar va taraqqiyot yo’liga o’tganligini qayd etdi.

Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirishi masalasidagi qarorlilik jarayoni asosida islohotlarning davom etishini, (Turk fuqarolari uchun) vizasiz rejim masalasidagi 6 kriteriyning eng qisqa vaqt ichida hal qilinajagini belgilab o’tgan Prezident Erdo'g’an,

“Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish jarayoni ba’zi muhitlarning injiqligiga va siyosiy to’siqliklarga ma’ruz qolmasliklari darkor. Germaniyaning bu borada Turkiyani qo’llab-quvvatlashi biz uchun katta ahamiyat kasb etadi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Prezident Erdo'g’an shuningdek,

“Tashrifimz chog’ida undan tashqari Suriyadagi urushning bas qilinishi borasida Germaniya bilan hamfikr ekanligimizni ko’rdik. Germaniyaning Suriya masalasining ayniqsa insoniy jihatiga bo’lgan munosabati Turkiyani xursand qildi” dedi.

Germaniya bilan iqtisodiy va savdo tarmog’idagi munosabatlarning qanchalik kuchli ekanligini ikkala mamlakat o’rtasidagi tashqi savdo raqamlaridan ham ma’lum ekanligiga e’tibor qaratgan Erdo’g’an, Turkiyaning bu munosabatlarni yana-da mustahklamlash niyatida ekanligini ta’kidladi.

Germaniyalik tadbirkorlar tomonidan 2003-yildan beri Turkiya iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri 9 milliard AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilish va o’zaro savdo hajmida oxirgi 7 oy mobaynida 13 foizdan ortiq o’sish kuzatilishi, ikkala mamlakatning savdo munosabatlarining qanchalik mustahkam ekanligini dalili ekanligini yetkazgan Prezident Erdo'g’an,

“Nemis do’stlarimizdan Turkiyaga, Turk iqtisodiyotiga, yurtimizning kelajagiga ishonishini davom ettirishlarini xohlaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar