Mudofaa sanoatida milliy loyihalar 7-qism

Shu yilning 20-23 sentyabr kunlari Istanbul shahrida “TEKNOFEST-Istanbul” aviatsiya, koinot va texnologiyalar festivali bo’lib o’tdi.

1059678
Mudofaa sanoatida milliy loyihalar 7-qism

 

Shu yilning 20-23 sentyabr kunlari Istanbul shahrida “TEKNOFEST-Istanbul” aviatsiya, koinot va texnologiya festivali bo’lib o’tdi. Mazkur festival Istanbul buyukshahar hokimiyati va T3 jamiyati boshchiligida tashkil qilindi.

T3 jamiyati hay’ati rahbari Selchuk Bayraktar festivalning milliy texnologiya tashabbusi uchun juda muhim ekanligini bildirdi. Festival doirasida o’tkazilgan namoyishlar, musobaqalar, seminarlar va tadbirlarni buning yaqqol isboti desak mubolag’a bo’lmaydi.

Turk Harb-Ish uyushmasi ta’lim rahbari Tarkan Zenginning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Festivalda namoyish qilingan “HURKUSh” havoda o’z mahoratini namoyish qildi. Hurkush samolyotlarini tomosha qilar ekanman, davlatimizning aviatsiya tarixida muhim o’rin egallagan Vejihi Hurkushning hayoti yodimga tushdi.

Yoshlik chog’laridayoq katta ishlarni amalga oshirgan Vejihi Hurkush kabi hayajonlangan yoshlarimiz vatan kelajagi uchun katta umid paydo qiladi. Vejihi Hurkushdan ayalgan davlat yordami bu safar yosh kashfiyotchilarning yo’lini yoritadi degan umiddamiz. Zotan, Vejihi Hurkush bu vaziyatni shunday anglatadi: “Men sayohat qilgan chet mamlakatlarda qanday qilib aviatsiya sohasini amalga oshirganligini va qanday qilib zavodlar qurganligini juda yaxshi bilardim. Avvalo, milliy e’tiqod va tashviq bu yo’ldagi muvaffaqiyatning yagona chorasi edi. Men ham bunga muvaffaq bo’lish uchun bunga muhtoj edim. Qo’limizdan olinmaydigan birgina erkinlik yo’limizni tanlash erkinligidir. Men Vejihi Hurkush, davlatimga qanoq bag’ishlagan holda, o’z familiyamga loyiq bo’ldim. Asl maqsadim milliy mustaqillikka tomon eltgan yagona yo’l- milliy ishlab chiqarish ekaniga bo’lgan ishonchimga hayotimni bag’ishlash edi. Chunki, boshqalarining qanoti bilan uchishga harakat qilganlar “Hurkush” bo’la olmaydi. Endilikda, Turkiya mudofaa sohasida o’z qanoti bilan parvoz qilish uchun katta ishonch bilan kelajak sari qadam tashlamoqda.

Vejihi Hurkush 1896 yilda Istanbulda tug’ilgan. Uning kichik yoshlarda otasi vafot etadi. U davlatimizning aviatsiya tarixida muhim iz qoldirgan va boshidan o’tkazgan voqealari bilan qayg’uli hikoyaning qahramonidir ayni paytda. Uning juda ko’p muvaffaqiyatlari aviatsiya tarixida o’z aksini topgan. Masalan, u Kafkaz frontida xizmat qilgan paytlarda 1917 yili dushman samolyotini urib tushirgan birinchi turk uchuvchisidir. Ayni paytda, o’z nomi bilan atalgan samolyotlarning ijodkoridir. Turkiyadagi dastlabki aviatsiya maktabiga asos solgan va birinchi bor ayol uchuvchilarni yetishtirgan ustozdir. Qolaversa, birinchi aviatsiya maktabining asoschisi va Turkiyaning dastlabki aviakampaniyasi Hurkush havo yo’llariga asos solgan buyuk ixtirochidir.

Vejihi Hurkush 102 xil model harbiy va fuqaro samolyotida parvoz qilgan birinchi uchuvchi bo’lib hisoblanadi. 1916-1967 yillar o’rtasida 30 ming soatlik parvoz bilan muhim rekordning sohibidir. U ko’ngilli ravishda Ozodlik urushiga qatnashgan. Urushda dushman samolyotini urib tushirgan. Ustun muvaffaqiyatlari tufayli Turkiya Oliy majlisi tomonidan Istiqlol ordeni bilan taqdirlangan.

Vejihi Hurkush dastlabki ixtirosi bo’lmish “Vejihi K-6” samolyotini qurishga muvaffaq bo’ldi va ilk parvozini 1925 yilda amalga oshirdi. 29 yoshida bu o’smir cheklangan imkoniyatlar bilan dastlabki samolyotimizni ijod qildi. Bu juda katta muvaffaqiyat. Biroq, Vejihi Hurkushni taqdirlash o’rniga unga jazo berdilar. Ruxsatsiz parvoz qilganligi sababli oyligining yarmini ushlab qoldilar va 10 kun uy qamog’iga mahkum qildilar. U bu jazo tufayli qo’shin safidan ayrildi. 1925 yilda yozgan maqolasida “Biz harbiy ekanimizni unutibmiz, buyruqqa qarshi chiqqan edik”,- deya bu vaziyatga nisbatan munosabatini ma’lum qilgandi.

1954 yilda tashkil topgan Turkiyaning dastlabki aviakampaniyasi Hurkush havo yo’llari ham bunday holatga uchragan edi. U Turk havo yo’llari tashlab yuborgan samolyotlarni qayta ta’mirlab, avia flot tuzgan edi. Parvozlar bekor qilingandi, samolyotlariga nisbatan qo’poruvchilik sodir etilgandi va yutuqqa erishishiga to’sqinlik qilingandi.

Vejihi Hurkush Kadiko’yda bir ustaxonani ijaraga olib, uch oy ichida “Vejihi XIV" samolyotini quradi. 1930 yili bu samolyot bilan birinchi parvozini amalga oshiradi. Uchish sertifikatini olish uchun davrning iqtisod vazirligiga murojaat qiladi. Vazirlik samolyotning texnik vaziyatini tekshiradigan mutahassis yo’qligi uchun bunga ruxsatnoma bera olmaydi. Bu javob aslida milliy ishlab chiqarishning kelajagi qanday sabablar bilan boltalanganlini ko’rsatadi.

 

      Dastlabki milliy havo vositasi: HURKUSh

Hurkush TUSASh tomonidan o’ziga xos ravishda ishlab chiqarilgan Turkiyaning dastlabki milliy havo vositasidir. Yangi avlod o’quv-mashg’ulot samolyoti “Hurkush” loyihasi 2006 yilning mart oyida Mudofaa sanoati maslahatchiligi bilan TAI o’rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshirilgan.

Bu loyiha Havo kuchlari qo’mondonligining talablariga javob bera oladigan va jahon bozoriga kiradigan bir o’quv-mashg’ulot samolyotini ishlab chiqarish maqsadida yo’lga qo’yilgan.

2013 yilning 26 sentyabr kuni tuzilgan shartnoma asosida “Hurkush” samolyotlarini muntazam ishlab chiqarishga qaror berildi. 2013 yilning 26 dekabr kuni Hurkush-B shartnomasi imzolandi. Hurkush-A, EASA va CS-23 ehtiyojlarga ko’ra sertifikatsiyalangan asosiy konfiguratsiyadir.

Hurkush-B moslashgan avionikalar bilan ishlab chiqarilgan konfiguratsiyadir. Hurkush-J esa, uchuvchi ta’lim ehtiyoji bilan bir qatorda, yengil hujum va qurolli mashg’ulot vazifalarini oz chiqim va katta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Bundan avval tajriba parvozlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan Hurkushning noyabr oyida Havo kuchlariga topshirilishi kutilmoqda. Dastlabki samolyot topshirilgach, Havo kuchlari uchuvchilari tomonidan boshqarilgan holda 3 oy mobaynida turli sinovlardan o’tkaziladi.

Bu jarayonda talablar inobatga olingan holda samolyotga so’ngi ishlov beriladi. 2019 yilning dastlabki yarmigacha 15 samolyot Havo kuchlariga topshirilishi ko’zda tutilgan.

 

EASAdan TİP SERTİFİKATİ OLGAN DASTLABKİ TURK SAMOLYOTİ.

Samolyotlar bilan bog’liq TAIdan olingan ma’lumotlar quyidagicha; Uchish sinovlari bilan bir qatorda, ishlab chiqarilgan 2 xil tuzilishdagi samolyotda olib borilgan tajriba parvozlari muvaffaqiyatli ijro etildi. Loyiha doirasida EASA (Yevropa fuqaro aviatsiyasi boshqaruvi) va SHGMga (Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi) jo’natish maqsadida 545 ta hujjat tayyorlandi. Qolaversa, sozlash va texnik xizmatga doir barcha hujjatlar tayyorlandi. Ushbu barcha faoliyatlar natijasida 2016 yilning 11 iyul kuni SHGMdan “Hurkush” yangi avlod o’quv-mashg’ulot samolyoti uchun “TT32 samolyot Tip sertifikati” olindi. O’sha kunning o’zida “EASA yaroqlilik Tip sertifikati” hamda SHGMning ham ushbu sertifikati butun Yevropa davlatlarida qabul qilindi. Natijada, Hurkush Yevropa fuqaro aviatsiyasi boshqarmasidan sertifikat  olgan dastlabki turk samolyoti bo’ldi. Hurkush samolyotlarining muvaffaqiyati davlatimiz jihatidan albatta muhimdir. Eng muhimi shuki, 1925 yillarda cheklangan sharoitlarda, 29 yoshida barcha to’sqinliklarga qaramay samolyot yasashni uddalagan Vejihi Hurkushga minnatdorlik tariqasida samolarda parvoz qilmoqda.

Turk Harb-Ish uyushmasi ta’lim rahbari Tarkan Zenginning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 



Aloqador xabarlar