Turkiya Indoneziyaga hamdardlik bildirdi

“Indoneziyada zilzila va tsunami falokati oqibatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligidan qayg’udamiz. Turkiya do’st Indoneziya hukumati va qardosh Indoneziya xalqining qayg’usiga sherik. Har qanday yordamga tayyormiz",-deyiladi bayonotda.

1059299
Turkiya Indoneziyaga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Indoneziyaga kerakli har qanday yordamni berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Bu haqda tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Indoneziyaning Sulavesi orolida yuz bergan zilzila va tsunami falokati oqibatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligidan qayg’udamiz. Turkiya do’st Indoneziya hukumati va qardosh Indoneziya xalqining qayg’usiga sherik. Har qanday yordamga tayyormiz. Halok bo’lganlarning oilalariga va Indoneziya xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilab qolamiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Juma kuni mamlakatning Sulavesi oroli qirg'og'iga yaqin joyda 7.7 balli zilzila va ortidan sodir bo’lgan tsunami falokatida 832 kishi halok bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Indoneziya , #zilzila , #tsunami , #ta'ziya

Aloqador xabarlar