Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Venezuelada...

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li tashrifi chog’ida Venezuela prezidenti Nikolas Maduro va o’rinbosari Delcy Rodriguez tomonidan qabul qilindi.

1054551
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Venezuelada...

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Venezuelaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Chavushog’li mamlakat poytaxti Karakasda Venezuela tashqi ishlar vaziri Jorge Arreaza bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Chavushog’li Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning ikki davlat o’rtasidagi o’zaro savdoda milliy pul birligidan foydalanish taklifini yetkazdi.

“AQSh hukumati boshqa mamlakatlarga tazyiq sifatida dollarni ishga solmoqda. Shu sababli boshqa mamlakatlar o’rtasidagi savdoda mahalliy pul birligidan foydalanishni xohlaymiz. Pul birligi davlatlarning iqtisodiyotiga hujum vositasi bo’lmasligi kerak. Nafaqat Venezuela bilan, balki boshqa davlatlar bilan ham o’zaro tijoriy faoliyatlarda mahalliy pul birligidan foydalanish tarafdorimiz”,-dedi Mavlud Chavushog’li.

U AQShning tazyiqlariga uchragan Turkiyaning mustahkam kuchiga e’tibor qaratdi.

 “Turkiya bir muddat avval AQShning o’lchasiga aylandi. Biroq, bunga bo’yin egmadi. Iqtisodiyotini yanada mustahkamlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni olishga muvaffaq bo’ldi. Mamlakatimiz bilan boshqa davlatlar o’rtasidagi yaqin hamkorlik vositasida bunday muammolarning uddasidan chiqishimizga ishonaman”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Mavlud Chavushog’li tashrifi chog’ida Venezuela prezidenti Nikolas Maduro va o’rinbosari Delcy Rodriguez tomonidan ham qabul qilindi.

 



Aloqador xabarlar