PKKga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining PKK terror tashkilotiga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

1050629
PKKga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

PKK terror tashkilotiga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda.

Turkiyaning Shirnak, Bitlis viloyatlari va Iroqning shimolida uyushtirilgan havo hujumi oqibatida 9 terrorist yo’q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari 16-17 sentabr kunlari olib borgan havo hujumlari haqida ma’lumot berdi.

Mazkur ma’lumotga ko’ra Shirnak sahrosi bilan Iroqning shimolidagi Hakurk mintaqalaridagi terroristlarga qarshi uyushtirilgan havo hujumi chog’ida Turk harbiy bazalariga qarshi hujum uyushtirish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi aniqlangan 5 terrorist yo’q qilingan.

Shuningdek Bitlis sahrosidagi amaliyotda 2, Iroqning shimolidagi Zab mintaqasidagi terroristlarga qarshi uyushtirilgan havo hujumi chog’ida esa yana 2 terrorist yo’q qilingan.

Mintaqada amaliyot davom etmoqda.

Shu bilan birga Ichki ishlar vazirligi tomonidan mamlakat bo’ylab oxirgi bir hafta mobaynida terrorizmga qarshi olib borilgan amaliyotlar natijasida 46 terroristning yo’q qilinganligi ma’lum bo’ldi.



Aloqador xabarlar