Prezident Erdo'g’an amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo’nab ketmoqda

Prezident Erdo'g’an, Suriyaning Idlib shahri aholisining qatliomga ma’ruz qolish tahdidi ostida ekanligini ta’kidladi.

1049791
Prezident Erdo'g’an amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo’nab ketmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo’nab ketadi. Mazkur tashrif chog’ida Prezident Erdo'g’an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Rossiyaning Sochi shahrida uchrashuv o’tkazadi.

Prezident Erdo'g’an bu haqida o’zi rahbarlik qilgan Adolat va taraqqiyot partiyasining kengaytirilgan viloyat rahbarlari yig’ilishida to’xtalib o’tdi.

O’z so’zida Suriyaning Idlib shahri aholisining qatliomga ma’ruz qolish tahdidi ostida ekanligini ta’kidlagan Prezident, Rossiyaga huddi mana shu masalani muhokama qilish niyatida ketayotganligini belgilab o’tdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham Erdo'g’anning 17-sentabr kuni Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Rossiyaga jo’nab ketishi haqida gapirgan edi.  

Hozirda amaliy tashrif bilan Pokistonda bo’lgan Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li u yerda Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shox Mahmudi Kurayshi bilan uchrashuv o’tkazib ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Mazkur anjumanda Mevlut Chavusho’g’li Idlib masalasiga to’xtalar ekan Suriya va Idlibda eng mazmunli siyosatning Turkiya tomonidan kuzatilganligini eslatgan holda, “Turkiya Suriyaning faqatgina tinchligini xohlaydi. Shuningdek mamlakatdagi muammoning siyosiy yo’llar orqali hal qilinishini qo’llaydi” dedi.  

Shuning uchun ham Turkiyaning Ostona va Jeneva jarayoniga katta hissa qo’shayotganligini ta’kidlagan Chavusho’g’li, Suriyaning kelajagini xavf ostiga qo’ygan terror tashkilotiga qarshi kurashda ham qarorli ekanliklarini takrorladi.  

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li,

“Terror tashkilotiga qarshi kurash masalasida hamma bilan hamkorlik qilishga tayyormiz lekin bir shartimiz bor. Unga ko’ra bu kurash jarayonini bahona qilib hech kimga shu jumladan tinch aholi, ayollar va bolalarga ziyon yetkazmagan holda tinchlik va totuvlik olib kelinishi darkor” dedi.  

Turkiyaning bu boradagi uchrashuvlarini davom ettirajagini qayd etgan janob Chavusho’g’li,

“Haftaning dushanba kuni Prezidentimiz Erdo’g’an Putin bilan yana bir bor uchrashuv o’tkazadi. Bu say harakatlarimizni Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan ham davom ettiramiz. Turkiyaning bu faoliyatlari butun dunyo va tashkilotlari tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar