Mavlud Chavushog’li:"AQSh o’z valyutasini barcha mamlakatlarga bosim o’tkazishda qo'llamoqda"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Ankarada bo’lgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan birga matbuot anjumani o’tkazdi.

1032307
Mavlud Chavushog’li:"AQSh o’z valyutasini barcha mamlakatlarga bosim o’tkazishda qo'llamoqda"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li AQSh o’z valyutasini barcha mamlakatlarga bosim o’tkazishda asosiy qurolga aylantirganligini bildirdi. Shu sababli, insonlar dollardan qochmoqda.

Mavlud Chavushog’li Ankarada bo’lgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan birga matbuot anjumani o’tkazdi.

U anjumanda AQSh va Yevropa Ittifoqining iqtisodiy sanksiyalariga to’xtaldi.

“AQShning yoki boshqa biron mamlakatning bir tomonlama sanksiyalariga qarshimiz”,-deya ta’kidlagan Mavlud Chavushog’li bunga qaramay, BMT sanksiyalariga amal qilganligini bildirdi.

Mavlud Chavushog’li Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qaratilgan sanksiyalariga ham qarshi ekanligini ma’lum qildi.

“AQShning Eronga nisbatan sanksiyalarini ham tan olmasligimizni aytdik. Eronga nisbatan sanksiyalardan Yevropa Ittifoqi ham bezovta. Osiyo-Tinch okeani davlatlari ham bezovta. Zo’ravonlar davri tugasin. Majburlash yo’q”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

AQShning Turkiyaga qaratilgan sanksiya qarorlaridan Yevropa Ittifoqi ham xavotirda ekanligini tilga olgan Mavlud Chavushog’li: “AQSh valyutasini butun davlatlarga hujum sifatida qo’llay boshladi. Dollardan qochish harakatlarini sezib turibmiz. Iqtisodiyoti mustahkam bo’lgan Turkiya qo’shni davlatlar uchun muhim”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #AQSh , #valyuta , #Eron , #sanktsiya

Aloqador xabarlar