Chavusho’g’li Singapurda Yaponiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Singapurda o’zaro uchrashuvlar o’tkazishni davom ettirmoqda.

1024587
Chavusho’g’li Singapurda Yaponiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
cavusoglu-zarif.jpg

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Taro Kono va Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan alohida-alohida uchrashuv o’tkazdi.

Mevlut Chavusho’g’li Singapurda o’tayotgan navbatdagi Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN)ning Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi doirasida o’zaro uchrashuvlar o’tkazishni davom ettirmoqda.

Chavusho’g’li shu doirada eng avvalo Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Taro Kono bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda Chavusho’g’li bilan Kono ikki mamlakatning hamkorlik tarmoqlarini, Sinopdagi Atom stansiyasi loyihasini va Turk-yapon Fan va texnologiya universitetining eng qisqa vaqt ichida ochilishi haqidagi muhim masalalar ustida gaplashdi.

Chavusho’g’li bilan yaponiyalik kasbdoshi undan tashqari Suriya va Iroq bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy mavzularni ham qo’lga oldi.

Mevlut Chavusho’g’li ortidan Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan uchrashdi.

Diplomatik mabaalardan olingan ma’lumotlar Chavusho’g’li va Zarifning mazkur uchrashuvda, o’zaro va mintaqaviy masalalarda fikr almashganligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’li Indoneziya Tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi bilan Vetnam Bosh vaziri o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Phan Binh Minh bilan ham lohida-alohida uchrashuv o’tkazdi.  

 



Aloqador xabarlar