Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Turkiyaning tahdidlariga badal  bermaymiz dedi.

Prezident va Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari Erdo’g’an, poytaxt Anqarada jurnalistlarga Amerika qo’shma shtatlari bilan o’rtalarida sodir bo’lgan, uy qamog’ida bo’lgan AQShlik rohib Andrev Brunson tangligiga  doir   bayonotlar berdi.

1023958
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Turkiyaning tahdidlariga badal  bermaymiz dedi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Turkiyaning tahdidlariga badal  bermaymiz dedi.

Prezident va Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari Erdo’g’an, poytaxt Anqarada jurnalistlarga Amerika qo’shma shtatlari bilan o’rtalarida sodir bo’lgan, uy qamog’ida bo’lgan AQShlik rohib Andrev Brunson tangligiga  doir   bayonotlar berdi.

AQSh sanksiya tahdidiga har turli javob,  kuni kecha milliy xavfsizlik kengashi bildirishida aytganini ma’lum qilgan Erdo’g’an, shunday qayd etdi:

“ Bizga bunday tahdid  uslubi, hech kimning  bir foydasi bo’lmas. Biz bugungacha AQSh bilan NATOda eng yaxshi birdamlikni ko’rsatdik, Koreyada ular bilan barobar edik, ular bilan birgalikda juda kurashlar  olib bordik. Hanuz NATOda eng yuqori saviyada birdamlik qilgan Turkiyaga bunday bir tahdid yarashmas dedi. Bunday bir tahdid uslubiga badal bermaymiz.”

Diniy ozchiliklar mavzusida ham  bayonot bergan Erdo’g’an, Turkiya diniy ozchiliklarga qarata eng kichik hatto  bir  muammomiz  yo’q dedi.

“ Faqat AQSh Evengelist, sionist uslub bilan tahdidini hech qachon qabul qilmaymiz.

Erkinliklardan mustaqillikdan va sud erkinligidan badal bermasdan turib  yo’limizga davom etamiz.” Deb qayd etdi.

Izmirda sud qilingan va josuslik bilan bir qatorda Fatullohchi terror tashkiloti tashkilotlanishi hamda PKK nomidan jinoyat qilish bilan ayblangan  Brunson 35 yilga qadar qamoq jazosi berish  talab qilinmoqda.

Taxminan 2 yil qamoqxonada tutilgani uchun 25 iyul ev qamog’i qarori olingan edi.

Brunsonning advokatlari uy qamog’i uchun qilgan e’tirozlari kecha mahkama tomonidan  rad etilgan edi.

AQSh, Brunson ozod qilinmagan taqdirda, Turkiyaga qarshi  sanksiya tatbiq etishini e’lon qilgan edi.

Prezident Erdo’g’an, Hakkarida  askar rafiqasi va 11 oylik chaqalog’ining vafoti bilan natijalangan bo’lginchi terror  tashkiloti PKK hujumiga tegishli ham shunday  dedi:

“ 26 yoshida bir ona, 11oylik bir chaqaloq bular (PKK) tomonidan shahid qilinishidan katta boshqa nima bo’la oladi? Ta’rif desa ta’rif, har narsa juda  ham ravshan, ular bilan birgalikda, ularni ( bo’lginchi terror tashkiloti siyosiy himoyachisi Xalqlar demokratik partiyasini ) parlamentga yuborish uchun  sa’y- harakat qilganlarga  eng ochiq bir  javobdir.” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Tahdid

Aloqador xabarlar