Yangi tizimning birinchi MXK bugun yig’ilish o’tkazadi

Yangi tizimning birinchi Milliy Xavfsizlik kengashi bugun Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an rahbarligida yig’ilish o’tkazadi.

1022379
Yangi tizimning birinchi MXK bugun yig’ilish o’tkazadi

Yangi tizimning birinchi Milliy Xavfsizlik kengashi bugun soat 15:00 da, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an rahbarligida yig’ilish o’tkazadi.

Yig’ilishda Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay, Adliya, Milliy Mudofaa, Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirlari bilan birga Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi va Harbiy okruglar qo’mondonlari ham kengashning tabiiy a’zolari sifatida ishtirok etadi.

Kun tartibida terrorizmga qarshi kurash va tashqi siyosat masalasi qo’lga olinib, Favqulodda vaziyat chog’i ko’rib chiqiladi.

Terrorizmga qarshi kurash haqidagi yangi qonunning yo’lga qoyilishi borasidagi sarlavhalar bilan mintaqadagi oxirgi vaziyat ham muhokama qilinadi.

Undan tashqari Suriyaning Manbij shahrida Amerika Qo’shma Shtatlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan patrullik xizmat baholanadi.

Prezidentlik qarornoma orqali yangıdan tartibga qo’yilgan Milliy Xavfsizlik kengashi yangi davrda aslida ikki oyda bir marotaba yig’ilish o’tkazadi.

Undan tashqari kerakli paytlarda Prezidentning chaqirig’i bilan ham yig’ilish o’tkazishi mumkin.

Kengashning kun tartibi Prezident tomonidan belgilab olinadi.

Kengash yig’ilishida Prezident ishtirok etolmagudek bo’lsa unda o’rniga vitse-prezident ishtirok etadi.

Kengash yig’ilishlarida a’zolardan tashqari kun tartibi masalalariga ko’ra tegishli vazirlar va kishilar ham taklif qilinib, uning fikri olinishi mumkin.



Aloqador xabarlar