Prezident Erdo'g'an Ahad Tamimiyga qo’ng’iroq qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Isroil tomonidan ozod etilgan Ahad Tamimiy bilan telefon orqali muloqat qildi.

1021820
Prezident Erdo'g'an Ahad Tamimiyga qo’ng’iroq qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Isroil tomonidan ozod etilgan “falastinlik jasur qiz” nomi bilan mashhur Ahad at-Tamimiy bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra Erdo’g’an mazkur muloqatda, “Hanzala jasorat mukofati” sohibi Tamimiyni jasorati va kurashdagi qarorliligi yuzasidan tabriklagan.

Prezident Erdo'g’an Tamimiyning ozod etilishidan xursand bo’lganligini yetkazar ekan Tamimiyning yonida onasi Nariman at-Tamimiyning ham borligi qayd etildi.

Prezident Erdo’g’anning muloqat yakunida Tamimiy oilasiga Turkiya sifatida falastinliklarning adolatli kurashlarini qo’llab-quvvatlashni davom ettirajaklarini ham belgilab o’tganligi ma’lum bo’ldi.

G’arbiy Sohilning Ramalloh shahriga yaqin hududda joylashgan Nabi Solih shaharchasidagi uyiga bostirib kirgan Isroil askarining yuziga tarsaki tushirganligi tasvirga olingan video asosida ayblangan 17 yoshidagi Ahad Tamimiy 2017-yilning 19-dekabri kuni kechasi nazorat ostiga olingan edi.  

Isroil sudi shu yilning mart oyida Tamimiyni, “Isroil askarining o’z vazifasini ado etishiga monelik qilish va askarga qo’l kotarish” da ayblab 8 oyga qamoqqa hukm qilgan.  

Onasi Nariman ham qizidan xabar olish uchun borgan Ramallohning sharqidagi nazorat nuqtasida, Isroil askarlari tomonidan nazorat ostiga olingan.

Ahad at-Tamimiy va onasi bugun ozod etildi.

“Falastinlik jasur qiz” degan nom bilan mashhur bo’lgan Ahad at-Tamimiy 2012-yili akasi qamoqqa olingan paytda, Isroil askarlariga qarshi kurashgani sabab Istanbulda, “Hanzala jasorat mukofati”ga loyiq deb topilgan edi.

Ahad, Bosh vazirlik paytida Prezident Erdo'g’an bilan ham uchrashgan.  

 



Aloqador xabarlar