Prezident Erdo'g'an bugun ont ichadi

Bugun Rajap Tayyip Erdo’g’anga atab Prezidentlik qarorgohida “Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi” uyushtiriladi.

1008524
Prezident Erdo'g'an bugun ont ichadi

Rajap Tayyip Erdo’g’anga atab Prezidentlik qarorgohida uyushtiriladigan “Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi” da 22 nafar Davlat rahbari, 28 nafar Bosh vazir va parlament raisi bilan 6 nafar xalqaro tashkilotning bosh kotibi ishtirok etadi.   

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an Turkiya vaqti bilan soat 16:30 da Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Umumiy kengashida ont ichib ortidan, Respublikaning asoschisi Otaturkning qabri o’rin olgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyuradi.

Prezidentlik qarorgohida Turkiya vaqti bilan soat 18:00 da esa chet ellik davlat, hukumat, majlis va hay’at rahbarlari bilan birga Turkiyaning turli qatlami vakillari nomidan taklif qilingan mehmonlarning ishtirokida “Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi” o’tkaziladi.    

Shu doirada Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Gruziya Prezidenti Giorgi Margvelashvili, Makedoniya Prezidenti Gjorge Ivanov, Moldova Prezidenti Igor Dodon, Bosniya - Gertsegovinadagi prezidentlik kengashi raisi Bakir Izetbegovich, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Kosovo Prezidenti Hashim Tachi, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniy, Pokiston Prezidenti Mamnun Husayin, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji, Qirg’iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Sudan Prezidenti O’mer al-Bashir, Gvineya Prezidenti Alpha Conde, Zambiya Prezidenti Edgar Lungu, Gvineya-Bisau Prezidenti Jose Mario Vaz, Ekvatorial Gvineya Prezidenti Teodoro Obiang, Somali Prezidenti Muhammad Abdulloh Muhammad Farmajo, Mavritaniya Prezidenti Muhammad Ould Abdal Aziz, Gabon Prezidenti Ali Bongo Ondimba, Chad Prezidenti Idriss Deby Itno, Jibuti Prezidenti Ismoil O’mar Guelloh, Venesuela Davlat rahbari Nikolas Maduro Turkiyaga tashrif buyuradi.     

Mazkur marosim ortidan Prezident Erdo'g’an mehmonlari davlat, hukumat va majlis rahbarlariga kechki ovqat paytida ziyofati beradi.

 



Aloqador xabarlar