Turkiyadagi saylov natijalari Yevropa OAVda keng ko’lamli olaroq o’rin oldi

Turkiyada kecha muddatidan oldin o'tkazilgan Prezidentlik va parlament saylovi natijalari Yevropa ommaviy axborot vositalarida ham keng ko’lamli olaroq o’rin oldi.

999325
Turkiyadagi saylov natijalari Yevropa OAVda keng ko’lamli olaroq o’rin oldi

Prezidentlik va parlament saylovi natijalari Yevropa ommaviy axborot vositalarida ham keng ko’lamli olaroq o’rin oldi.

Angliyaning BBC nashri Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning saylov natijalari haqidagi bayonoti ortidan, “Erdog’an norasmiy natijalarga ko’ra o’z g’alabasini e’lon qildi” degan sarlavha bilan ma’lumot tarqatdi.  

Saylov natijalarini “Anado’lu” axborot agentligi va “TRT World” veb saytiga tayangan holda birma-bir kuzatib borgan “The Guardian” gazetasi ham norasmiy natijalarning ma’lum qilinishi ortidan “Erdog’an o’z g’alabasini e’lon qildi lekin muxolafat hali hanuz buni qabul qilgani yo’q” degan sarlavha bilan ma’lumot tarqatdi.  

“Sky News” telekanaliga qarashli internet portali esa, “Erdog’an Turkiyadagi Prezidentlik saylovida golib bo’ldi” degan sarlavha bilan ma’lumot tarqatdi.

Avstriya

Avstriyaning eng nufuzli gazetalaridan biri hisoblangan “Kronen” saylov natijalari haqidagi ma’lumotni “Erdog’an 53 foizlik ovoz bilan saylovda takror g’alaba qozondi” degan sarlavha bilan tarqatdi.  

“Der Standart” gazetasi saylovda saylovchilarning 87 foizining ishtirok etganligiga e’tibor qaratgan holda Erdog’an va Adolat va taraqqiyot partiyasining saylovda oldinda ekanligini qayd etdi.

Kurier gazetasi esa saylov natijasini “Erdog’an birinchi tabriklarni qabul qila boshladi” deya e’lon qildi.

Germaniya

“Bild” gazetasi saylov haqida tarqatgan ma’lumotida “Erdog’an oldinda. Muxolafat esa hiyla ishlatilganligini iddio qilmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.

“Der Spiegel” jurnalining internet saytida “Erdog’an g’olibiyatini e’lon qildi” degan sarlavhaga o’rin berildi.  

“Zeit” va “Frankfurter Allgeimene Zeitung” nashrlari “Erdog’an o’z g’olibiyatini e’lon qildi” degan sarlavha bilan ma’lumot tarqatdi.

Fransiya

Fransiyaning eng nufuzli gazetalaridan “Le Monde”, “Turkiyada saylovlar: Erdog’an saylov natijalarining bir qismiga ko’ra oldinda, muxolafat esa e’tiroz bildirmoqda” degan sarlavhaga o’rin berdi.

“France Info” nashri saylov haqida tarqatgan ma’lumotida, “Turkiya: Rajap Tayyip Erdog’an prezidentlik saylovining birinchi bosqichida g’alabaga erishganligini iddio etmoqda, muxolafat esa raqamlarga e’tiroz bildiryapdi” degan sarlavha bilan chiqdi.

Shvetsiya

Shvetsiyaning davlat telekanali “SVT” saylov haqidagi birinchi natijalarni “Erdog’an g’alaba yo’lida” degan sarlavha bilan e’lon qildi. Keyinchalik saylov qutilarining 70 foizining ochilganligini belgilab o’tgan “SVT” telekanali Erdog’anning ovozlarning 55 foizini, Muharrem Injening esa 29 foizini olganligini ifoda etdi.  

Shvetsiyaning eng yirik gazetasi “Aftonbladet”, “Erdog’an g’alabaga erishish arafasida” degan sarlavha bilan tarqatgan ma’lumotida ovozlarning yarmining sanab chiqilganligini, Erdog’anning 55 foizlik ovoz bilan oldinda ekanligini va eng yaqin raqibi Muharrem Injening esa 28 foiz ovoz olganligini qayd etdi.  

Vengriya

Vengriyaning eng ko’p tomosha qilingan “Hir TV” telekanali saylov natijalarini, “Erdog’an boshqarishni boshlashi mumkin” degan sarlavha bilan berdi.  

Vengriyaning “MTI” axborot agentligi ham “Erdog’an prezidentlik saylovida o’z g’alabasini e’lon qildi” degan sarlavha orqali tarqatgan ma’lumotida Erdog’anning g’alabasini birinchi bosqichda e’lon qilganligini ma’lum qildi.

Ispaniya

Ispaniyaning eng nufuzli gazetalaridan “el Pais”, 2002-yildan beri mamlakatni uzluksiz Erdog’anning boshqarganligini ta’kidlab ortidan takror saylanishni uddalay olishini ham qayd etdi.

“El Mundo” gazetasi ham muxolafatning saylov natijalarini tan olish masalasidagi istaksizligiga qaramay Turkiyaning o’z qarorini berganligini va Erdog’anning ovozlarning qariyb 53 foizini olgan holda prezident saylanganligini qalamga oldi.  

Gretsiya

“Proto Thema” gazetasi, “Erdog’anning g’alabasi: Birinchi bosqichdayoq Prezident etib saylanib, majlisni ham olmoqda” degan sarlavhaga o’rin berdi.

“Eleftheros Typos” gazetasi: “Turkiyadagi saylov qutilari, birinchi bosqichda Erdog’anning g’alabasini ko’rsatmoqda” degan sarlavhani tanladi.

“Kathimerini” gazetasi esa saylovda Erdog’anning oldinda ekanligini qayd etdi.

Bolgariya

Bolgariyaning Milliy “BNT” telekanali Turkiyadagi saylov natijalarining Prezident Rajap Tayyip Erdog’anni ikkinchi 5 yillik uchun Prezidentlik davri tomon “yetaklaganligini” ifoda etdi.   

Niderlandiya

“Erdog’an Turkiyadagi saylovda ham g’alaba qozondi ham da g’alabani qo’ldan boy berdi” degan “Algemeen Dagbland” gazetasi Erdog’anning prezidentlik saylovida bemalol yutib chiqqanligini lekin parlament saylovida ko’pchilik o’rinni qo’ldan boy berishi mumkinligini qalamga oldi.  

Bosniya va Gertsegovina, Serbiya, Xorvatiya, Chernogoriya

Bosniya va Gertsegovinaning eng ko’p o’qilgan gazetasi “Dnevni Avaz” tomonidan tarqatilgan ma’lumotda Bosniya va Gertsegovina prezidiumi raisi Bakir Izzatbegovichning Erdog’anni tabriklagan so’zlariga o’rin berildi.

Bosniya va Gertsegovinaning keyingi nufuzli gazetasiOslobodjenje” ham “Erdog’an g’alabasini e’lon qildi” degan sarlavha bilan Prezident Erdog’anning nutqiga alohida o’rin berdi.

Serbiyaning rasmiy axborot agentligi “TANJUG”ning internet saytida o’rin olgan xabarda, “Erdog’an birinchi bosqichda o’z g’olibiyatini e’lon qildi” dedi.  

Xorvatiyaning muhim axborot portallaridan biri “Dnevnik”da ovozlarning 90 foizidan ortig’ining sanab chiqilganligi belgilab o’tilgan holda Erdog’anning nutqiga alohida o’rin berildi.

Chernogoriyaning “RTCG” rasmiy axborot sayti Turkiyadagi saylovlarni yaqindan kuzatgan holda, “Erdog’anning partiyasi saylovda oldinda” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Belgiya

Belgiyaning nufuzli gazetalaridan “Le Soir”, “Erdog’an iddioda yutub chiqdi” degan sarlavha bilan Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning saylovdagi muvaffaqiyatini e’lon qildi.

Daniya

Daniyaning “Politiken” gazetasi Erdog’anning bir bosqichning o’zida ham prezidentlik ham da parlament saylovida g’alaba qozonganligini ma’lum qilgan ifodalarga o’rin berdi.

“Jyllands Posten” gazetasi ham saylov haqidagi ma’lumotlarda Erdog’anning yana-da kuchliroq prezidentlik lavozimi uchun saylovda yutub chiqqanligini ma’lum qildi.  

 



Aloqador xabarlar