Turkiyada ertaga prezidentlik va parlament saylovi o’tkaziladi

Turkiya bo’ylab saylovchilar ertalab soat 08:00 dan boshlab kechki payt 17:00 gacha ovoz beradi.

997973
Turkiyada ertaga prezidentlik va parlament saylovi o’tkaziladi

Turkiyada ertaga prezidentlik va parlament saylovi o’tkaziladi.

Shu doirada mamlakatda roppa-rosa 56 million 322 ming 632 saylovchi, 180 ming 65 saylov uchastkasida ovoz beradi.

Chet elda ro'yxatdan o'tgan saylovchilar ertaga soat 17:00 gacha bojxona darvozalarida ovoz berish huquqiga ega.

Turkiya bo’ylab saylovchilar ertalab soat 08:00 dan boshlab kechki payt 17:00 gacha ovoz beradi.  

Lekin soat 17:00 da saylov uchastkasida ovoz berish uchun navbat kutgan saylovchilar, saylov uchastkasi rahbari tomonidan sanalganidan keyin navbat bilan ovoz berishi mumkin.  

Yotaloq bemorlar uchun ko’chma saylov qutisi bu gal birinchi marotaba yo’lga qo’yiladi.

Ko’chma saylov qutisida ovoz bera olishlik uchun kasalligi va nogironligi yuzasidan yotaloq bo’lib qo’lgan saylovchilar tomonidan oldindan murojaat qilinishi darkor. Ana shunda ko’chma saylov qutilari, murojaati qabul qilingan saylovchilarga olib boriladi.

Aytib o’tish joizki yotaloq bemorlar ro’yhatida 17 ming 258 saylovchi 1 303 ta saylov qutisida ovoz beradi.

Prezidentlik saylovida 6 nomzod kuch sinashadi.

Saylov kuni barcha ommaviy axborot vositasi soat 21:00 dan keyin bemalol faoliyat olib boradi lekin Oliy Saylov komissiyasi tomonidan maqul ko’rilgudek bo’lsa unda soat 21:00 dan oldin ham saylov haqida ma’lumot tarqatishi mumkin.

 

 

 



Aloqador xabarlar