Turkiya va AQSh Manbij yo’l xaritasining yo’lga qo’yilish masalasini qo’lga oldi

Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida Manbijda kuzatiladigan yo’l xaritasi belgilab olinar ekan, ikki mamlakatning harbiy yetakchilari ham “amalga oshirish rejasi” ustida kelishib oldi.

992831

AQShning Stuttgartdagi Evropa qo'mondonligi bosh qarorgohida 12-13 iyun kunlari bo’lib o’tgan yig’ilishda tuzilgan kelishuv matni oliy organlarga taqdim etiladi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi Hulusiy Akar bilan AQShning Yevropadagi NATO kuchlariga qo’mondonlik qiluvchi generali Curtis Scaparrotti bilan telefon orqali muloqat qildi.

Mazkur muloqatda Manbij yo’l xaritasining yo’lga qo’yilish masalasi qo’lga olindi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Hulusiy Akarning Scaparrotti bilan bo’lgan muloqati chog’ida Suriyaning shimolidagi mavjud xavfsizlik masalasi bilan avval kelishib olingan Manbij yo’l xaritasi bo’yicha belgilab olingan xavfsizlik qurollarining yo’lga qo’yilishi masalasida fikr almashilganligi qayd etildi.

Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #ABD , #Manbij

Aloqador xabarlar