Yana bir Ramazon oyi va inqirozni yechish uchun  sa’y- harakat qilayotgan bir  Turkiya

Jahon borgan sari boshqarilmas bir jarayonga kirib borar ekan, terror, ichki to’qnashuv va urush bilan barqarorsiz holga kelgan  bir davrda rahmat va mag’firat  oyi Ramazonni yana dunyoning   qonagan yarasi  G’azodan shahid xabarlari bilan kutib oldik.

990476
Yana bir Ramazon oyi va inqirozni yechish uchun  sa’y- harakat qilayotgan bir  Turkiya

Yana bir Ramazon oyi va inqirozni yechish uchun  sa’y- harakat qilayotgan bir  Turkiya

Jahon borgan sari boshqarilmas bir jarayonga kirib borar ekan, terror, ichki to’qnashuv va urush bilan barqarorsiz holga kelgan  bir davrda rahmat va mag’firat  oyi Ramazonni yana dunyoning   qonagan yarasi  G’azodan shahid xabarlari bilan kutib oldik.

Isroilning tashkil topishi kunida esa  750 ming nafar Falastinlik  juda  shafqatsiz ravishda vatanlaridan surgun qilinishi va o’z  tuprog’ida qochqin ahvolga  tushishining yilligida, zulmlar   va tinchlik nomi ostida  bosimlar bilan  harakat qilganlar faoliyatda edilar.

Al- qudsning statusi

Asrlardir Ibrohimi dinlarining barchasi uchun muqaddas  hisoblangan Al- Qudsga bo’shiga   maxsus bir status berilmagandir. Dunyoning barcha davlatlari Al- qudsni har qanday bir davlatning poytaxti  sifatida qabul qilmaslik  va hech bir davlatning favqulodda va muxtor elchiligining Al- qudsda bo’lmasligining bir sababi bo’lsa kerak.

Chunonchi Birlashgan millatlar tashkiloti 1947- yili 181 sonli qarori bilan  Al- Quds  uchun  BMT boshqaruvida xalqaro bir rejim  tavsiya qilmoqda edi. 1948- yilida Isroilning tashkil topishi bilan birgalikda Isroil, birinchidan G’arbiy Al-Qudsni, 1967- yilidagi 6 kunlik urushida esa  sharqiy Al- Qudsni ishg’ol qilib oldi. BMT xavfsizlik kengashi, Yaqin sharqda ham odil va davom ettirilishi mumkin bir  tinchlikning  ta’mini uchun kerakli ko’rgan asoslarni o’rtaga qo’ygan 242 sonli  qarorida, Isroilni 1967 urushi paytida ishg’ol etgan tuproqlardan orqaga chekini hududdan   chaqirsa ham u kundan buyon Isroil Al-Qudsni, Parlament  va vazirlariga ham  mezbonlik qilgan fe’li poytaxti sifatida  ko’rmoqda. 1980- yilida Isroil, chiqargan Al- Quds qonuni bilan Al- Qudsni butunlay  bo’linmas poytaxt sifatida  e’lon qilmoqda, bu qarorini  ham BMT xavfsizlik kengashi  478 sonli qarori bilan qoralab Al Qudsda diplpmatik  vakolatxonasi bo’lgan o’lkalardan vakolatxonalarini   Tel- Avivga ko’chirilishi talab qilindi.

Kengashning doimiy a’zosi AQSh, ovozga qo’yish jarayoniga ishtirok etmadi, faqat qarorni veto  ham qilmadi.  U kundan e’tiboran Al- Qudsda  Favqulodda va muxtor elchiligi bo’lgan

Boliviya, Dominika Respublikasi, Ekvador, Gvatemala, Gaiti, Niderlandiya, Kolumbiya, Panama, Chili, Urugvay va Venesuela   diplomatik vakolatxonasini Tel- Avivga ko’chirishga boshladi. 2006da Salvador va Kosta-Rika elchixonasini Al-Qudsdan  Tel Avivga  qaytib  ko’chirish bilan shahrda hech favqulodda va muxtor elchilik binosi qolmadi.

AQSh nima qilmoqchi?

1995- yilida AQSh kongressi, BMTXKning 478 sonli qaroriga zid ravishda Al- Qudsni Isroilning poytaxti sifatida e’lon qilgan va Isroildagi elchixonasini Tel Avivdan Al-Qudsga ko’chirishni nazarda tutgan Al- Quds elchilik qonunini ( Jerussalem Embassy of 1995) chiqardi. Qonunda Al- Qudsda tashkil etiladigan elchixona 1999 mayigacha tashkil etilishi kerak deb bildirilmoqda edi, ko’chirish  masalasi  bugungacha barcha prezidentlar tomonidan masalaning juda nozik bo’lishi va Yaqin sharq mavzusida sabab bo’ladigan yomon natijalarini tufayli   diqqatga olib kechiktirib kelmoqda edi.

2017- yili 6- dekabrda, Umsoniy tuproqlarida Yahudiylar uchun  bir milliy yurt tashkil etilishini va’da qilgan Balfour deklaratsiyasidan to’liq 100 yil so’ngra AQShning 45- Prezidenti Donald Tramp,  Tel Avivdagi AQSh elchixonasini  Al_Qudsga  ko’chirish qarori olganini e’lon qildi.

Ushbu  izohda, Yaqin sharq tinchlik jarayoniga va mintaqa  ehtiyoj his etgan barqarorlik sharoitiga beradigan  zararlar jihatidan tarixiy  juda ham baxtsiz bir  bayonot berildi.

Ushbu ko’chirish masalasi  oddiy bir yer o’zgartirishi emas  edi, ishg’olni xalqaro ravishda qonuniy qilish sa’y-harakating bir parchasi edi.

AQSh, mintaqada taranglikni avj oldirishni, to’qnashuvlarga sabab bo’lishini bilib turib, xalqaro jamiyat   kelishgan holda “ rad” etishiga qaramasdan  qabul deb, dunyoning ko’zi oldida xalqaro huquqqa zid  bo’lgan  ushbu  qarorini tatbiq etib, Isroildagi Elchixonasini Al- Qudsga ko’chirdi.

Falastinliklar uchun ayrish devor nima ma’noga kelsa, qurshov ham ayni mohiyatda edi.  Xalqaro hamjamiyatning  qattiq  noroziligiga qaramasdan orqaga qadam tashlamagan AQShning bu harakati, tabiiy ravishda, Falastinliklar tomonidan  g’azab va jabr  his va tuyg’usi  bilan kutib olindi. Natijada,  tinch aholi itoatsizlik va passiv  isyon yo’llari bilan haq va adolatga chaqirish natijasida minglab tinch aholiga qarshi muvozanatsiz kuch bilan duch keldi. 

 

Zo’ravonlik, zulm va ko’z  yoshi maydonga chiqdi. Falastin xalqini ommaviy jamoatchilik va medianing oldida Isroil politsiyasi tomnidan shahid etdi, minglab insonni esa yaraladı. Isroilning tashkil topishi bilan qatliomga uchragan, uylaridan va tuproqlariga zo’rg’a chiqartilgan, ona vatanida ko’chmanchi, hattoki vatansız aholga kelgan Falastinliklar uchun “Buyuk falokat” ma’nosiga kelgan Nekbega, 70 yil bo’lishiga qaramasdan holigacha bu zulmning davom etganini ko’rsatmoqda.

 

Turkiya Yaqin Sharqdagi yong’inni ochirishga urinmoqda

 

Islom Hamkorlik Tashkiloti davr rabari sifatida Janob Prezidentimizning taklifiga binoan 2018- yili 18- May kuni bo’lib o’tgan Al Quds sammiti, bu huquqsiz va mantiqsiz hodisalarni oldini olish jihatidan muhim edi. Dunyoga aks etgan sammit, ko’p sonda mintaqaviy va xalqaro  tashkilotlar amalga oshirmaganlarga muvaffiq bo’ldi. Turkiyaning sezgirligi va insoniy mavzulardagi tashabbuslari soyasida, Al Qudsning statuyasini kayfiyatga ko’ra o’zgarmasligini ko’rsatildi.

 

Turkiyaning, say-harakatning avvalo Isroil jihatidan salbiy bo’lganini, BMT vujudga kelganidan beri yechim topmagan Falastin masalasini yechmasligini, tezkarisiga masalani yana ham chalg’itishini va mintaqada inqirozni avjiga ko’tarishini qayd etgandir. Mintaqada  davomli tinchlik o’rnatish, to’qnashuvlarning oldini olish uchun g’ayrat qilgan va fidokorlik ko’rsatgan davlat Turkiyadir. Afsuski bu g’ayratlar, ittifoqdoshlar tomonidan taqdir ko’rsatilmadi va tinchlik umidlari puchga chiqishga davom etmoqda.

Mazlumlarning dardiga malham bo’lish uchun Moviy Marmara kemasi yuborilganda, qurolsiz va begunoh insonlar o’ldirildi. Bu voealardan keyin, Falastindagi bosimlarni kamaytirish uchun Turkiya, Isroilga nafaqa va uzr so’rab masalani hal etish fursati berdi. Lekin bu bu safar berilgan yordamlar toh’hmatlar, yolg’on targ’ibotlar bilan to’siqlashga harakat qilindi. Bombardimonlar bo’lgan bir muhitda insonlarga issiq ovqat yetkazilar ekan, “Yeguliklar e’htiyoji bo’lganlarga  emas, terroristlarga borayotgan edi” deb to’hmat qilindi. Muvozanatli bir jamiyatda sukunat, huzur va tinchlik o’rnatish uchun intilgan va 4000 juvonning oila qurishiga hissa qo’shgan TIKA, terroristlarni dastaklash bilan aylandi.

To’g’ri tushunganda, Turkiyaning say harakatlarining aslida taranglikni qanday kamaytirgani  ko’rinadi. Turkiya, bunlarga qaramasdan hududda tinchlik va barqarorlik o’rnatish uchun harakat qilishga davom etgan va etmoqda. Mana bu Ramazon oyi ham yaradorlarga yordam berish uchun tez yordam vositalari bilan uylariga salomatlik xizmati yetkazadi, dori-darmon va tibiiy ashyolar  G’azoga yetkazilmoqda. Ramazon oyi bo’yicha har kun 1000 oilaga, jami 2000 kishiga issiq ovqat qaratildi va 12 ming kishiga oziq-ovqat moddasi tarqatildi. Shoshilinch gumanitar yordamlar asosan G’azodagi insoniy inqirozni bir lahza bo’lsa ham yengillashtiradi, uzoq muddatli rivojlanish yordamlari esa Falastin xalqining farovonligini o’rttishiga hissa qo’shadi.

Turkiyaning bu say harakatlari, adolat va tinchlik ustida quriladigan ikki davlatdan tashkil topgan bir yechimni dastaklab, Isroilning hududdagi borligiga qonuniy bir javob xususiyatida bo’lib Isroil xalqini ham qo’llab-quvvatlamoqda. Isroil, ayrim cheklovlari bilan, so’roqsiz qarorlari, qurol va bombalari bilan Falastinliklarni yo’q qilib emas; adolatli, marhamatli davlat boshqarib qonuniy bo’lishini endi ko’rishi kerak.

 

Inqirozlarni bartaraf qilish uchun uringan bir Turkiya

Adolat va marhamat kabi qadriyatlarni bir davlat an’anasiga aylantirgan Turkiya din, til va irqga qaramasdan har doim zulm qarshisida, mazlumlarning yonida bo’lgandir. Buning tarixda sanoqniz namunalari mavjud. 1492-yildan e’tiboran gavjum diplomatiya bilan dunyoning diqatini inqirozlarga tortishga harakat qilgan, hududga o’z oilasini yuborib inqirozning ta’sirini kamaytirish uchun o’lkamizning yordamlarini yetkazgandir. Bangladeshdan bosh pana so’rab lagerlarda yashashga boshlagan yuz minglab emigrantga TIKA har kun issiq osh berishga davom etmoqda. Turkiyaning 5.500 kilometr masofadan o’z manfaati uchun bu yordamlarni berganini kim idao eta oladi? Turkiyaning g’ayratlari, muassas tizimning o’z manfaati uchun dunyoni boshqarilmas bir holga keltirish harakatini to’xtatishni istaydi.

Turkiya-Isroil munosabatlari

Turkiya Respublikasi Isroil bilan bo’lgan diplomatik aloqasini mintaqaning tinchlik va barqarorligiga hissa qo’shadigan say-harakatlarning muhim bir bo’lagi sifatida qabul qilmoqda. Isroilning mintaqa davlatlari bilan bo’lgan urushlari va tarangliklari hisobga olinganida, munosabatlarning sog’lom davom ettirilishi, Isroilning mintaqada yolg’izlashishini ham oldini olmoqda.  

Falastinda yuz bergan har bir muammo ortidan Turkiya-Isroil munosabatlari buzilmoqda. Turkiyaning uquvliligi va odamgarchiligi vaqti-vaqti bilan Isroil hukumatiga yo’qmayapdi va bu vaziyat ikkala mamlakat o’rtasidagi diplomatik aloqalarga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. G’azoda yuz bergan oxirgi muammo ortidan ham elchilarning vaqtinchalik o’z yurtlariga qaytishi, diplomatik munosabatlar saviyasini tushirib tushirmasligi haqidagi savollarni tug’diradi. Elchilarning bir muddat o’z yurtiga qaytishi to’g’ri qadam hisobalandi; lekin diplomatik munosabatlarning uzoq muddatli uzilishi, bilvosita yuz bergan voqealarning qurboni bo’lgan falastinliklarga ham sanksiya kiritiladi degan manoni anglatishi mumkin. Moviy Marmara hujumi ortidan 6 yil davom etgan taranglik, o’zaro elchilarning tayin qilinishiga yo’l ochgan kelishuv orqali yengillashdi; takror boshlagan diplomatik aloqalar, nima bo’lishidan qat’iy nazar Turkiyaning Falastin masalasiga hissa qo’shishini va yordamlarini muhtojlarga yetkazib berishini qulaylashtirdi. Natijada Quddus ishg’ol, G’azo qamal, G’arbiy Sohil esa qurshov ostidadir va Falastinga borish yo’llari,  noqonuniy ravishda bo’lsa ham Isroilning nazorati ostidadir. Bu vaziyatda hissiyotlarga berilmay, mantiqiy qadam tashlab, muammolarni ko’paytiradigan qadamlardan uzoq turish darkor. Tashkilotlarimiz ham bu nuqtada birgalikda ish olib borishi, faoliyatlarini diplomatik vakillarimiz va TIKA ofisimiz bilan birgalikda maslahat qilishni rejalashtirishi kerak.

Isroil boshqaruvi bugungacha hech quloq solmagan bo’lsa ham bundan keyin xalqaro hamjamiyat ovoziga quloq solishi darkor va falastinliklarga ko’rsatgan zulmini to’xtatishi shart. Tarixda eng ko’p surgun qilingan xalq vakillari, o’tmishda boshdan kechirgan azoblarini bugungi kunda boshqalari boshiga solmasligi kerak. Boshqa jihatdan muammoni ko’paytirgan, fitnachilik qilgan va mintaqani barqarorsizlikka yetaklagan bir mamlakatning “o’rtamchilik” qilish vazifasini o’z zimmasiga ololmasligi anglashilishi lozim. Yuz yildan beri tinchlikka zor bo’lgan Quddusda tarixda bo’lganidek turli ishonch vakillari tinchlik va totuvlik ichida yashashi kerak.  

Hech shubhasiz odam bolasi o’zini erkin va xavfsiz his qilgan va savdo-sotiq ishlari rivoj topgan mintaqaga tinchlik albatta keladi. TIKAning maqsadi ham borgan joyida mavjud iqtisodiy rivojlanish infratuzilmasini mustahkamlash orqali tinchlik va totuvlikni himoya qilishlik, buzilgan nuqtalarda tinchlikni qayta tiklash uchun faoliyat olib borishdan boshqa narsa emasdir.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ramazon , #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar