Turkiyaning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning terrorga qarshi kurashi ham mamlakatda ham da chet elda uzluksiz davom etmoqda.

989913
Turkiyaning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Turkiyaning Shirnak viloyatining Bestler-Dereler va Iroqning shimolidagi Hakurk mintaqasidagi terroristlarga qarshi ikki boshqa havo hujumi oqibatida 9 terrorist yo’q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan ma’lumotga ko’ra Shirnak viloyatining Bestler-Dereler mintaqasida davom etgan amaliyotlar chog’ida terror tashkilotining yana 7 a’zosi havo hujumi orqali yo’q qilindi.

Mintaqadagi amaliyotlarda havo hujumi orqali yo’q qilingan terroristlar soni 21 nafarga yetdi.

Iroqning shimolidagi Hakurk mintaqasidagi terroristlarga qarshi 10-iyun kuni uyushtirilgan havo hujumi oqibatida esa terroristlar tomonidan boshpana va qurol-yaroq omborxonasi olaroq foydalanilgan nuqtalar va 2 terrorist yo’q qilindi.

Undan tashqari oxirgi bir hafta mobaynida Turkiyada amalga oshirilgan amaliyotlar natijasida 69 terrorist yo’q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda 4-iyundan boshlab 11-iyungacha 1 683 amaliyot uyushtirilganligi belgilab o’tildi.

PKK terror tashkiloti bilan aloqasi bor 234, Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasi bilan aloqasi bor 492, DEASh terror tashkiloti bilan aloqasi bor 37 va o’ta chap qanot guruh bilan aloqasi borligi aniqlangan 8 kishi nazorat ostiga olindi.

 



Aloqador xabarlar