Prezident Erdog'an Qandildagi terror amaliyotlariga to'xtaldi

Prezident Erdog’an Turkiyaning Nig’de shahrida yurttoshlarga xitob etar ekan unda Iroqning Qandil shahridagi terroristlarga qarshi uyushtirilgan amaliyotlarga to’xtaldi.

990386
Prezident Erdog'an Qandildagi terror amaliyotlariga to'xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Iroqning Qandil shahrini Turkiya uchun xavf tashkil etgan terror manbaasi bo’lishlikdan chiqarayotganliklarini qayd etdi.

Prezident Erdog’an Turkiyaning Nig’de shahrida yurttoshlarga xitob etdi.

O’z xitobida Suriyaning Afrin shahrining PKK/ YPG – PYD va DEASh terror tashkiloti ishg’olidan qutqarganliklarini belgilab o’tgan Erdog’an,

“20-yanvardan beri Afrinning o’zida 4 500 dan ortiq terrorist yo’q qilindi. (Iroqda) Qandil, Sinjardagi terroristlarga qarshi ham amaliyotlarimizni boshlatdik. 20 uchog’imiz orqali 14 ta muhim nuqtani yo’q qildik. Yo’q qilib qaytdilar, hali hanuz o’z nihoyasiga yetmadi, davom etadi” degan ifodalarga o’rin berdi.

“Maqsadimiz eng yirik botqoqlikni quritishdir” degan Prezident Erdog’an, “Qandilni, yurtimiz va xalqimiz uchun bundan buyon xavf tashkil etgan terror manbaasi bo’lishlikdan chiqaryapmiz” deya gapirdi.  



Aloqador xabarlar