Chet elda yashagan turk saylovchilar ertadan boshlab ovoz bera boshlaydilar

Shu yilning 24-iyuni kuni Turkiyada muddatidan oldin o’tkaziladigan saylovlar munosabati bilan chet elda yashagan turk saylovchilar o'z ovozini ertadan boshlab yani 7-iyundan boshlab bera boshlaydi.

987054
Chet elda yashagan turk saylovchilar ertadan boshlab ovoz bera boshlaydilar

Shu yilning 24-iyuni kuni o’tkaziladigan muddatidan oldin prezident va parlament saylovlari munosabati bilan chet elda yashagan turk saylovchilar 7-iyundan boshlab ovoz bera boshlaydilar.

Chet elda ro’yxatdan o’tgan saylovchilar dunyoning 60 davlat va 123 diplomatik vakolatxonasida tashkil qilinadigan saylov uchastkalarida 19-iyungacha ovoz berishi mumkin.

Bojxona nazorat punktlarida esa, ovoz berish jarayoni 7-iyunda boshlanib, 24-iyunda yakunlanadi.

Chet mamlakatlarda ovoz berish uchun belgilangan kunlar:

Germaniya, Avstriya, Fransiya: 7-19 iyun

AQSh, Avstraliya, Lyuksemburg: 9-17 iyun

Daniya: 9-19 iyun

Norvegiya: 14-19 iyun

Italiya, Turkmaniston: 15-17 iyun

Belgiya, Gollandiya, Shveysariya: 15-19 iyun

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kanada, Bolgariya: 16-18 iyun

Birlashgan Qirollik: 16-19 iyun

Xitoy, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Bahreyn, Yunoniston, Livan, Isroil, Ukraina, BAA, Bosniya-Gersegovina, Jazoyir, Finlandiya, Shvedsiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Makedoniya, Sudan: 16-17 iyun

Ozarbayjon, Albaniya, Iroq, Eron, Irlandiya, Ispaniya, Misr, Malta, O’zbekiston, Serbiya, Chexiya, Mojariston, Polsha, Janubiy Afrika, Gruziya, Yaponiya, Kosova, Quvayt, Moldova, Singapur, Tailand: 17 iyun

Berilgan ovozlar avvalgi saylovlarda bo’lganidek bu gal ham chet mamlakatlardan uchoq yoki diplomatik pochtalar orqali Turkiyaga olib kelinadi.

Saylov kuni yani 24-iyun kuni Turkiyada ovoz berish jarayoni yakunlangach, ovozlar sanab chiqiladi.



Aloqador xabarlar