Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Bolgariya bosh vaziri bilan muloqot qildi

Binali Yildirim suhbat chog’ida Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisovni 12 iyunda Eskishehirda o’tkaziladigan Trans Anadolu tabiiy gaz liniyasi loyihasining (TANAP) ochilish marosimiga taklif qildi.

984243
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Bolgariya bosh vaziri bilan muloqot qildi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim kecha Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov bilan telefonda muloqot qildi.

Bosh vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Binali Yildirim suhbat chog’ida Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisovni 12 iyunda Eskishehirda o’tkaziladigan Trans Anadolu tabiiy gaz liniyasi loyihasining (TANAP) ochilish marosimiga taklif qildi.

Boyko Borisov taklifni qabul qilar ekan, marosimga katta delegatsiya bilan ishtirok etishini ma’lum qildi.

Samimiy bo’lib o’tgan suhbatda ikki yetakchi ilk fursatda uchrashuv amalga oshirishga kelishib oldi.

 

 



Aloqador xabarlar