Saylov-2018:Xorijda yashagan saylovchilar 7 iyundan boshlab ovoz bera boshlaydi

Xorijda ro’yxatga olingan saylovchilar 60 davlat va 123 diplomatik vakolatxonada tashkil qilinadigan saylov uchastkalarida 19 iyungacha ovoz berishi mumkin.

978189
Saylov-2018:Xorijda yashagan saylovchilar 7 iyundan boshlab ovoz bera boshlaydi

24 iyun kuni o’tkaziladigan muddatidan oldin prezident va parlament saylovlari munosabati bilan xorijda yashagan turk saylovchilar 7 iyundan boshlab ovoz bera boshlaydilar.

Xorijda ro’yxatga olingan saylovchilar 60 davlat va 123 diplomatik vakolatxonada tashkil qilinadigan saylov uchastkalarida 19 iyungacha ovoz berishi mumkin.

Bojxona nazorat punktlarida esa, ovoz berish jarayoni 7 iyunda boshlanib, 24 iyunda yakunlanadi.

Xorij mamlakatlarda ovoz berish uchun belgilangan kunlar:

Germaniya, Avstriya, Fransiya: 7-19 iyun

AQSh, Avstraliya, Lyuksemburg: 9-17 iyun

Daniya: 9-19 iyun

Norvegiya: 14-19 iyun

Italiya, Turkmaniston: 15-17 iyun

Belgiya, Gollandiya, Shveysariya: 15-19 iyun

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kanada, Bolgariya: 16-18 iyun

Birlashgan Qirollik: 16-19 iyun

Xitoy, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Bahreyn, Yunoniston, Livan, Isroil, Ukraina, BAA, Bosniya-Gersegovina, Jazoyir, Finlandiya, Shvedsiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Makedoniya, Sudan: 16-17 iyun

Ozarbayjon, Albaniya, Iroq, Eron, Irlandiya, Ispaniya, Misr, Malta, O’zbekiston, Serbiya, Chexiya, Mojariston, Polsha, Janubiy Afrika, Gruziya, Yaponiya, Kosova, Quvayt, Moldova, Singapur, Tailand: 17 iyun

Berilgan ovozlar avvalgi saylovlarda bo’lgani kabi xorij davlatlardan samolyot yoki diplomatik pochtalar orqali Turkiyaga keltiriladi.

24 iyun kuni Turkiyada ovoz berish jarayoni yakunlangach, ovozlar sanab chiqiladi.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #prezident saylovi , #Turkiya

Aloqador xabarlar