Binali Yildirim butun dunyoni terrorga qarshi bir xil muomala qilishlikka chaqirdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim terrorizmga qarshi dunyoning butun davlatlarining bir maydonda, bir xil tushunchada, birgalikda kurash olib borolmaganligiga e’tibor qaratdi.

976217
Binali Yildirim butun dunyoni terrorga qarshi bir xil muomala qilishlikka chaqirdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim terrorizmga qarshi dunyoning butun davlatlarining bir maydonda, bir xil tushunchada birgalikda kurash olib borolmaganligini qayd etdi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining o’rinbosari, Bosh vazir Binali Yildirim Adolat va taraqqiyot partiyasining Bosh qarorgohida uyushtirilgan “An’anaviy elchilar iftori”da so’zlagan nutqida dunyodagi barcha odam bolasining tinchlik va haqiqatga ehtiyoji borligini belgilab o’tdi.

Dunyoning nafrat, yakkalash, terror, kuch va manfaat kurashlari yuzasidan judayam charchaganligiga e’tibor qaratgan Binali Yildirim, necha yillardan beri qo’l urilgan noto’g’ri harakatlarning bugungi kunda ham davom etganligini, odam bolasining kelajagining xavf ostida qolganligini ifoda etdi.

Terrorizmga qarshi dunyoning butun davlatlarining bir maydonda, bir xil tushunchada birgalikda kurash olib borolmaganligiga e’tibor qaratgan Yildirim o’z so’zini,

“Ko’pincha terror tashkilotlariga qarshi turli muomalalar qilinganligi kuzatilmoqda. Aql bovar qilmaydigan bu yomonliklar oddiy hisob-kitoblarning natijasi sifatida o’rtaga chiqmoqda. Rivojlangan dunyo bu dahshatli manzarani ko’pincha tomosha qilibgina o’tiripdi. Hatto ba’zan mas’uliyatsiz boshqaruv bu xatolarning sababchisi bo’lmoqda. Bu vaziyatning dunyoni yaxshi tomonga yetaklamasligi aniq. Shunday ekan bizlar, dunyoning butun davlatlari, bu haqiqatlarni tezlik bilan ko’rishimiz va shunga ko’ra bir yo’l xaritasi chizishimiz darkor” deya gapirdi.

Bosh vazir Binali Yildirim Turkiyaning dunyoning butun davlatlari bilan do’st bo’lishlik, do’stligini orttirishlik, dushmanliklarini kamaytirish doirasida faoliyat olib borganliklarini, odam bolasining tinchligi uchun bundan boshqa foydali yo’lning yo’qligini qayd etdi.

Mintaqada uzoq yillardan beri qattiq zulmlar yuz berganligini va bunga butun dunyoning guvoh bo’lganligini ta’kidlagan Yildirim, Suriyada davom etgan urushning shaharlarning yer bilan yakson bo’lishiga, insonlarning jon berishiga, millionlab gunohsiz insonlarning uy-joysiz qolishiga yo’l ochganligini eslatdi.  

Binali Yildirim Suriyada oxirigi 7 yillik ichki urushdan eng ko’p Turkiyaning ziyon ko’rganligini ifoda etdi.  

Isroil tomonidan o’tgan hafta G’azoga qarshi uyushtirilgan qatliomga ham to’xtalgan Bosh vazir,

“Isroil boshqaruvi tomonidan uzoq yillardan beri davom etgan zulm, afsuski Arafa kuni ham takrorlandi. Quddusdagi bu voqea yoki Quddusda yuz bergan bu dahshatli manzara barchamizning, madaniy dunyo ko’z oldida yuz berdi. Himoyasiz, qurol-yaroqsiz insonlarning qatl qilinishi butunlay zulm va yovuzlikdir. Buni keskin qoralaymiz. Amerika boshqaruvining o’z elchixonasini Quddusga ko’chirishi haqidagi qarori ham katta xatodir va bu vaziyat mintaqadagi voqealarning avj olishiga buyuk hissa qo’shdi” dedi.

Binali Yildirim bugungi kunda global mohiyatda hal qilinishi kerak bo’lgan insoniy muammolar kun o’tgan sayin ortganligini, ulardan ko’pchiligining Turkiya o’rin olgan Yaqin Sharqda yuz berayotganligini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar