IHT sammitida 40 dan ortiq Islom davlati vakilining ishtirok etishi kutilmoqda

Turkiyaning taklifiga binoan Istanbulda bugun o’tkaziladigan Islom Hamkorlik tashkiloti sammitida 40 dan ortiq Islom davlati vakilining ishtirok etishi kutilmoqda.

973797
IHT sammitida 40 dan ortiq Islom davlati vakilining ishtirok etishi kutilmoqda

Turkiyaning taklifiga binoan Istanbulda navbatdan tashqari bugun o’tkaziladigan Islom Hamkorlik tashkiloti sammitida 40 dan ortiq Islom davlati vakilining ishtirok etishi kutilmoqda.

Falastindagi oxirgi vaziyat yuzasidan Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning taklifiga binoan uyushtirilayotgan mazkur sammitda 13 nafar davlat va hukumat rahbari, 2 nafar prezident o’rinbosari bilan 12 nafar tashqi ishlar vaziri, undan tashqari dunyoning 11 davlatidan oliy darajali diplomat va diplomatik vakolatxona rahbarining ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Sammitda davlat va hukumat rahbari sifatida Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Afg’oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G’ani, Iordaniya Qiroli Abdulla II, Sudan Prezidenti Umar al-Bashir, Gvineya-Bisau Prezidenti Jose Mario Vaz va Gvineya Respublikasi Prezidenti Alpha Gonde, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniy, Quvayt Amiri Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh, Mavritaniya Prezidenti Muhammad al-Abdulaziz, ShKTR Prezidenti Mustafa Akinji, Pokiston Bosh vaziri Shahid Hakan Abbosiy va Qirg’iziston Bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyevning ishtirok etishi kutilmoqda.    

Undan tashqari sammitda Indoneziya Vitse-prezidenti Yusuf Kalla va Gambiya Prezidenti o’rinbosari Aja Fatoumatta Tambajang, ShKTR Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Kudret O’zersay, Somali Bosh vaziri o’rinbosari Mehdi Muhammed Culid, Yaman Bosh vazirining o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Abdulmalik al-Mihlafi ham ishtirok etishi mumkin.  

Yig’ilish doirasida hozircha Falastin Bosh vaziri Ramiy Hamdolloh bilan IHT Bosh kotibi Yusuf bin Ahmad al-Usaymin Istanbulga keldi.

Aytib o’tish joizki Isroil askarlari tomonidan G’azo chegarasida, Amerika Qo’shma Shtatlari elchixonasining Quddusga ko’chirilishiga norozichilik ko’rsatish va Naqbaning (Buyuk falokat) 70-yilligini yodga olish maqsadida namoyish uyushtirgan falastinliklarga qarshi o’q uzilishi oqibatida 62 kishi jon berar ekan 3 mingdan ortiq kishi tan jarohati oldi.

 

 



Aloqador xabarlar