Chavusho’g’li AQShning yadroviy kelishuvdan chiqish qarorini baholadi

Mevlut Chavusho’g’li litvalik hamkasbi Linas Linkevicius bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan matbuot anjumani uyushtirar ekan unda AQShning, Eron bilan yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan kelishuvdan chiqib ketishi haqidagi qarorini baholadi.

967768
Chavusho’g’li AQShning yadroviy kelishuvdan chiqish qarorini baholadi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlarining Eron bilan yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan kelishuvdan chiqib ketishi haqidagi qarorini baholar ekan bu haqida,

“Davlatlar qo’l qo’ygan kelishuviga sodiq qolishi kerak” deya gapirdi.   

Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan litvalik hamkasbi Linas Linkevicius bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Bundan 3 yil oldin tuzilgan yadroviy kelishuvning faqatgina Eron bilan AQSh o’rtasida emas ayni vaqtda Yevropa ittifoqi va boshqa davlatlarning ham borligini eslatgan Chavusho’g’li,

“Natijada AQShning bu qarorni bir tomonli olaroq qabul qilishi noto’g’ridir. Kelishuvdagi boshqa davlatlar bu haqida bergan mushtarak bayonotlarida, kelishuvga sodiq qolajakalrini bayon ettilar” degan ifodaga o’rin berdi.

Mevlut Chavusho’g’li shuningdek,

“Turkiya yadroviy qurollarga qarshi lekin faqatgina bitta davlatning qo’lidagi yadroviy qurollarga emas mintaqadagi va dunyodagi barcha yadroviy qurollarga qarshi” dedi.

Davlatlarning qo’l qo’ygan kelishuviga sodiq qolishi kerakligini ta’kidlagan Tashqi ishlar vaziri,

“Umid qilamizki bu vaziyat, bu tartibsizlik tez kunlarda hal qilinadi. Biz har doim bo’lganidek bugun ham bu masalaning birgalikda hal qilinishi uchun zimmamizga tushgan vazifani bajarishga tayyormiz” deya gapirdi.  

 



Aloqador xabarlar