Eron bilan borilgan  yadroviy bitimdan bosh tortish AQShning ishonarliligiga putur yetkazdi

Prezidentlik matbuot kotibi Ibrahim Kalin, Eron bilan borilgan  yadroviy bitimdan bosh tortganini e’lon qilgan Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)ning ishonarliligiga putur yetkazdi dedi.

967402
Eron bilan borilgan  yadroviy bitimdan bosh tortish AQShning ishonarliligiga putur yetkazdi

Prezidentlik matbuot kotibi Ibrahim Kalin, Eron bilan borilgan  yadroviy bitimdan bosh tortganini e’lon qilgan Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)ning ishonarliligiga putur yetkazdi dedi.

Kalin Prezidentlik Kulliyasida ommaviy axborot vositalari vakillarining  bergan savollariga javob berdi.

Bergan bayonotida 2015da P5+1 o’lkalari( Angliya, AQSh, Xitoy, Fransiya, Rossiya) va Germaniya bilan

Eron o’rtasida borilgan yadroviy bitimning davom etishidan tarafdor ekani bildirgan Kalin,

“ AQSh bitimdan bir tomonlama  bosh tortishi qayg’ulantiruvchi.

Uzoq muzokaralar natijasida, diplomatik tashabbuslar natijasida borilgan bir bitimning bir tomonlama davom etishidan tarafdormiz” dedi.

Kalin, alohida mintaqada hech bir o’lkaning yadroviy qurolga ega bo’lishini istamaganlarini ifoda etib,

“Bunga atom qurolga ega bo’lgan o’lkalar ham kiradi” dedi.

Bunga o’xshash janjallarning g’olibi bo’lmas deb ta’kidlagan Kalin,

“ siz bir qadam tashlaganda natijalarini hisoblash majburiyatidasiz. Natijasida buning ta’siri sizga ham zarar beradi. Ushbu qarordan AQSh voz kechar kechmas ularning qarori, Eron xalqining ham ushbu sanksiyalardan zarar ko’rishini istamaymiz. Mintaqada yetarli darajada taranglik mavjud. Barcha bular bilan o’ylab ko’rganda  bularga yangilarini  qo’shish davlat aqli bilan mos bir jihati  yo’q” deb qayd etdi.

Eron Turkiyaning muhim bir  savdo sherigi ekanini ta’kidlagan Kalin,

“ Eron bilan ko’plab sohada yuritilgan muhim aloqalarimiz mavjud. Oldindan ham sanksiya tatbiq etildi. Biz ziddiyatli uslubdan ko’proq ijobiy uslubdan tarafdorimiz.

Prinsip sifatida qaror mintaqada barqarorsizlikka sabab bo’lishidan qayg’ulimiz” deb baholadi.”

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Prezident , #AQSh , #Eron , #Bitim

Aloqador xabarlar