TQK kecha Shimoliy Iroqda terroristlarga qarshi amaliyot uyushtirdi

Turk Qurolli kuchlari kecha Shimoliy Iroqda terroristlarga qarshi amaliyot uyushtirdi.

966134
TQK kecha Shimoliy Iroqda terroristlarga qarshi amaliyot uyushtirdi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Iroqning shimolidagi Hakurk tumanida kecha uyushtirilgan havo hujumi oqibatida PKK terror tashkilotiga oid boshpana va qurol-yroq omborxonalari yo’q qilindi.

Turk Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra kecha Hakurk tuman politsiya uchastkasi va harbiy bazalarga qarshi hujum uyushtirish payida bo’lgan terroristlar aniqlangan.

Ortidan esa havo hujumi orqali terror tashkilotiga oid boshpana va qurol-yroq omborxonalari yo’q qilingan.

Shuni ham aytib o’tish joizki Iroqning shimolida amaliyot uyushtirgan askarlar Sare Batin mintaqasida PKK terror tashkilotining bir guruh a’zosiga duch keldi.

Ular bilan bo’lgan to’qnashuv chog’ida 1 askar shahid bo’ldi.



Aloqador xabarlar