Mevlut Chavusho’g’li Moskvada eng avvalo Sergey Lavrov bilan uchrashdi

Chavusho’g’li Moskvadagi uchrashuvning Suriyadagi muammoni hal qilishlik uchun yangi qadamlar tashlanishi jihatidan muhim ekanligini qayd etdi.

960397
Mevlut Chavusho’g’li Moskvada eng avvalo Sergey Lavrov bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bugun Rossiya poytaxti Moskvada rossiyalik kasbdoshi Sergey Lavrov va Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan amalga oshiradigan uchrashuvning Suriyadagi muammoni hal qilishlik uchun yangi qadamlar tashlanishi jihatidan muhim ekanligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’li uch tomonli uchrashuv oldidan rossiyalik kasbdoshi Lavrov bilan alohida uchrashuv o’tkazdi.

Chavusho’g’li bu haqida,

“Ostonadagi jarayonning kafil mamlakatlarining Tashqi ishlar vazirlari o’rtasidagi muntazam uchrashuvlar natijasida Suriya muammosini hal qilish bo’yicha jiddiy va ijobiy qadamlar tashladik. Bugungi uchrashuvimiz ham Suriyadagi muammoni hal qilishlik uchun yangi qadamlar tashlanishi jihatidan muhimdir” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Lavrov ham Chavusho’g’li bilan bo’lgan uchrashuvda o’zaro munosabatlar va Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga olajaklarini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’li bilan muntazam ravishda siyosiy muloqatda ekanliklarini va ikki mamlakat liderlarining ham muntazam ravishda muloqatda ekanliklarini eslatgan Lavrov shu jumladan savdo-iqtisodiy va transport tarmog’idan mas’ul vazirlar o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanganligini va insoniy aloqalarning kuchayib borayotganligini ham ta’kidladi.

Lavrov ikki mamlakat hamkorligidagi jadal dinamizmning Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’anning turk-rus hamkorligiga bergan e’tiborining qanchalik kattaligining ko’rsatkichi ekanligini ta’kidladi.

Lavrov o’z so’zini,

“Mening turk kasbdoshim bilan amalga oshiradigan mazkur uchrashuvim, bu tarmoqlardagi oxirgi vaziyatni ko’rib chiqishim va kun tartibidagi xalqaro masalalar haqida fikr almashishlik uchun ajoyib imkon hisoblanadi” deya yakunladi.

 



Aloqador xabarlar