Binali Yildirim Ispaniyada muhojirlar muammosiga e’tibor qaratdi

Hozirda amaliy tashrif bilan Ispaniyada bo’lgan Binali Yildirim poytaxt Madridda uyushtirilgan “Yangi Iqtisodiyot forumi”da nutq so’zlar ekan Bosh vazir o'z nutqida, Suriyadagi ichki urush va muhojirlar muammosiga e’tibor qaratdi.

958562
Binali Yildirim Ispaniyada muhojirlar muammosiga e’tibor qaratdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim Suriyadagi muammodan Turkiyaning javobgar emasligini lekin jabrini tortganligini qayd etdi.  

Hozirda amaliy tashrif bilan Ispaniyada bo’lgan Binali Yildirim poytaxt Madridda uyushtirilgan “Yangi Iqtisodiyot forumi”da nutq so’zladi.  

O’z nutqida Suriya muammosiga to’xtalgan Bosh vazir,

“Chegaralarimizdagi devorlarni, kirish-chiqishlarni yopib tashlash orqali muammoni hal qilolmaymiz. Suriyadagi muammoni biz yaratganimiz yo’q. Shunday ekan javobgari ham biz emasmiz lekin jabrini biz tortyapmiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Turkiyaning 8 yildan beri roppa-rosa 3, 5 million muhojirga mezbonlik qilganligini eslatgan Bosh vazir,

“Byudjetimizdan 30 milliard AQSh dollari harjadik. Biz buni o’z ixtiyorimiz bilan, chin ko’ngildan amalga oshirdik chunki biz insonni yashatki dunyo yashasin degan falsafani yaxshi ko’rgan, qo’llab-quvvatlagan davlat bo’lamiz” dedi.  

Butun dunyoda 65 million muhojir borligini va ularning vatansız ekanligini eslatgan Binali Yildirim, tarkibida roppa-rosa 194 ta davlat o’rin olgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 20 ta yirik davlatining muhojirlar diyori ekanligini belgilab o’tgan holda,

“Bu muammoni ko’rmaslikka ololmaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Binali Yildirim O’rta yer dengizida yuz bergan immigrantlar muammosiga ham to’xtalar ekan bu haqida,

“O’rta yer dengizining har kuni yuzlab insonning shu jumladan yosh bolaning jon bergan nuqtasi emas tinchlik va do’stlik dengizi bo’lishini xohlar edik. O’rta yer dengizining tinchlik va do’stlik dengizi bo’lishi uchun Ispaniya va Turkiyaning zimmasiga katta ma’suliyat yuklanmoqda” dedi.

Bosh vazir Binali Yildirim Yevropa ittifoqi a’zoligi uchun qarorli ekanliklarini va buni davom ettirajaklarini qayd etgan holda,

“Yevropa ittifoqi a’zolari orasida Turkiyaning infratuzilmasi va iqtisodiyotiga solishtirganda yana-da nochor bo’lgan davlatlar mavjud lekin Turkiyaga qarshi ideologik yondashuv bor. Rostgo’y bo’lishimiz kerak, qarorliligimizni davom ettiramiz. Voz kechgan tomon biz bo’lmaymiz. Rossiya bilan bo’lgan munosabatimizning mustahkamlanishi Yevropa ittifoqiga kirish uchun muqobil yo’l hisoblanmaydi. Turkiya-Rusya munosabatlari Yevropaning xavfsizligi uchun ham zarurdir. Yevropa Rossiyani yakkalay olmaydı. Yevroosiyo hududi tinchlik markaziga aylanishi kerak” deya gapirdi.

Ispaniyadan tashqari ayrim yevropalik do’stlarning PKK terror tashkiloti va Fetullahchi terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashiga to’xtalgan Yildirim, bu vaziyatning Turkiyani qayg’uga solganligini qayd etdi.

Binali Yildirim shu doirada,

“Turkiyadek yirik ittifoqni qayg’uga solishlik Yevropa ittifoqining kelajagi jihatidan yaxshi emas. Radikal oqimlarning qo’llab-quvvatlanishi Yevropaning kelajagi uchun katta xavf hisoblanadi. Buni eslab qolishda foyda bor” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar