Turkiyada 2018-yili 24 -Iyun kuni muddatidan tashqari Prezidentlik saylovi...

Turkiya prezidenti Rejeb Tayyib Erdo'g'an, muddatidan tashqari Prezidentlik saylovining 2018-yili 24 -Iyun kuni o'tkazilishini ma'lum qildi.

954299
Turkiyada 2018-yili 24 -Iyun kuni muddatidan tashqari Prezidentlik saylovi...

Turkiya prezidenti Rejeb Tayyib Erdo'g'an, muddatidan tashqari Prezidentlik saylovining 2018-yili 24 -Iyun kuni o'tkazilishini ma'lum qildi.

Erdo'g'asn, MHP Bosh rahbari Devlet Bahcheli bilan Prezidentlik Kulliyasida uchrashdi.

Erdo'g'an uchrashuv ortidan tartiblangan matbuot anjumanida, Bahcheli bilan ijobiy bir uchrashuv bo'lib o'tganini izohladi.

Prezident Erdo'g'an, "Turkiya hanuz 16-Aprel kuni eski deb qaror berilgan tizimga ko'ra boshqarilmoqda. Prezident bilan hukumat mos faoliyat olib borgan bo'lsa ham sistemaning eski bo'lgani maydonda. Albatta biz 2019-yili noyabr oyigacha kutishni istar edik. Lekin Suriyada olib borgan operatsiya kerak bo'lsa Suriya va Iroq kabi mintaqaviy muhim hodisalar, Turkiyaning tezda qaror berishni majburlamoqda" dedi.

Erdo'g'an, "O'lkamiz qarama qarshi bo'lgan muammolarga ijobiy yechim topishga harakat qildik. Ushbu saylov o'lkamizda kun tartibidan chiqarish kerak. Saylovlarning 2018-yili 24-Iyul kuni bo'lishiga qarort qildik. Millatimiz uchun yaxshi bo'lishini tilayman" deb so'zladi.

Mavzuga doir qonuniy jarayonning darhol boshlatilishini ifoda etgan Erdo'g'an, Oliy Saylov Kengashining saylov tayyorgarligini zudlik bilan boshlatishini bildirdi.



Aloqador xabarlar