Binali Yildirim:"Asad rejimiga qarshi berilgan aviazarba mintaqadagi qotillarga berilgan javobdir"

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bu so’zlarni Ak partiyaning Tuzla 6-favqulodda tuman kongressida so’zlagan ma’ruzasida tilga oldi.

951935
Binali Yildirim:"Asad rejimiga qarshi berilgan aviazarba mintaqadagi qotillarga berilgan javobdir"

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Suriyada AQSh boshchiligida Beshar Asad rejimiga qarshi berilgan aviazarba mintaqadagi qotillarga berilgan javob ekanligini ma’lum qildi.

Binali Yildirim bu so’zlarni Ak partiyaning Tuzla 6-favqulodda tuman kongressida so’zlagan ma’ruzasida tilga oldi.

“Suriyada kimyoviy qurol bilan begunoh insonlar qatl etildi. Suriya rejimi zotan 7 yildan beri bu ishni qilib keladi. G’arb davlatlari birdaniga kimyoviy qurol qo’llandi deya begunoh insonlarni eslab qoldi. 7 yildan beri bu vahshat davom etmoqda. Bugungacha og’zini ochmaganlar kimyoviy qurol qo’llanilib bo’lgach harakatga tushdi va afsuski, kech qoldilar. Bunga qaramay, mintaqada vahshatga sabab bo’lgan qotillarga kech bo’lsa ham berilgan javobdir. Shu jihatdan ijobiy qadam sifatida baholaymiz”,-dedi Binali Yildirim.

Yildirim: “Turkiya sifatida xoh oddiy qurollar bilan, xoh kimyoviy qurollar bilan insonlarni nobud qilayotgan qotil rejimga qarshi tinchlik va tinch aholini himoya qilishni davom ettiramiz”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #Binali Yildirim , #AQSh

Aloqador xabarlar