Chavusho’g’li Afrinning Asad rejimiga topshirilishining noto’g’ri ekanligini qayd etdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li poytaxt Anqarada Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondida uyushtirilgan bir tadbirda so’zlagan nutqida Suriyadagi oxirgi vaziyatga to’xtaldi.

949249
Chavusho’g’li Afrinning Asad rejimiga topshirilishining noto’g’ri ekanligini qayd etdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanining Bashar al-Asad rejimiga topshirilishining noto’g’ri ekanligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’li poytaxt Anqarada Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondida uyushtirilgan bir tadbirda so’zlagan nutqida Suriyadagi oxirgi vaziyatga to’xtaldi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Afrinni Suriya rejimiga topshirish haqidagi bayonotini baholagan Chavusho’g’li,  

“Suriya hududiga ko’z tikkanimiz yo’q. U yerni rejim kuchlariga topshirish noto’g’ri” dedi.

Bashar al-Asad rejimining mintaqada PKK/ KJK/ PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti bilan hamkorlik ham qilganligini ta’kidlagan Chavusho’g’li, rejimning terror tashkiloti bilan ayni vaqtda qurol-yaroq oldi-berdi masalasiga ham kirganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Chavusho’g’li, Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida PKK/ KJK/ PYD - YPG va DEASh terror tashkilotini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini tazyik va zulumlardan qutqarish maqsadida 20-yanvar kuni boshlatilgan Zaytun novdasi amaliyoti chog’ida terroristlarning, rejim nazorati ostidagi mintaqalardan Afringa o’tganliklarini qayd etdi.

Haftaning shanba kuni Suriyaning Sharqiy Guta va Duma mintaqalarida foydalanilgan kimyoviy qurolga ham to’xtalgan Tashqi ishlar vaziri, Asad rejimining avval ham kimyoviy quroldan foydalanganligini eslatgan holda,

“Asad mutlaqo Suriyaga rahbarlik qilishdan voz kechishi va biz ham siyosiy muzokara jarayoniga o’tishimiz darkor” dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar