Prezident Erdog’an Anadolu axborot agentligining tahrir hay’atini tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Anadolu axborot agentligining tashkil topishining 98-yilligi munosabati bilan tahrir hay’atini tabrikladi.

946008
Prezident Erdog’an Anadolu axborot agentligining tahrir hay’atini tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Anadolu axborot agentligining tashkil topishining 98-yilligi munosabati bilan tahrir hay’atini tabrikladi.

Prezident Erdog’an shu doirada eng avvalo milliy kurash yillarida tashkil topgan, respublikaning har bir jarayoniyu Turkiyaning har bir davriga guvohlik qilgan Anadolu axborot agentligining, ko’rsatgan xizmati orqali mamlakatni faxrlantirgan qadimiy tashkilot ekanligini qayd etdi.

Erdog’an shuningdek, “Xalqimizga to’g’ri va kamchiliksiz ma’lumot tarqatish vazifasini mustaqillik kurashimiz chog’ida bo’lganidek bugungi Zaytun novdasi amaliyoti chog’ida ham davom ettirish orqali agentlikning tashkil topish printsipiga qanchalik bog’lik ekanligini ko’rsatgan Anadolu axborot agentligi, samaradorligi va quvvati bilan dunyoning sanoqli axborot agentliklaridan biri bo’lish baxtiga erishdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Prezident Erdog’an, “Turk ommaviy axborot vositasining maktabi hisoblangan axborot agentligimiz terror tashkilotiga, Fetullahchi terror tashkiloti FETOga qarshi olib borilgan kurashda ham xalq nomidan gapirdi. Oxirgi yillarda chet eldagi tarmog'ini kengaytirgan Anadolu axborot agentligi xalqimizning takror uyg’onish, takror tirilish dostonini haqida gapirmoqda” dedi.

 



Aloqador xabarlar