Prezident Erdog’an Marko Djurich bilan bo’lgan taranglik masalasiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Kosova Prezidenti Hashim Thachi va Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchichga qo’ng’iroq qilib, Marko Djurich bilan bo’lgan taranglik masalasiga to’xtaldi.

940873
Prezident Erdog’an Marko Djurich bilan bo’lgan taranglik masalasiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Kosova Prezidenti Hashim Thachi va Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchich bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra mazkur muloqatda haftaning dushanba kuni Serbiya hukumati Kosova ofis direktori Marko Djurich bilan bo’lgan taranglik masalasiga to’xtalgan.

Shuningdek, Prezident Erdog’anning Serbiya va Kosovani, yuz bergan xodisaning Belgrad-Prishtina muloqatiga ziyon yetkazmasligiga e’tibor berishi kerakligiga chaqirganligi qayd etildi.

Erdog’anning mintaqaning tinchlik va totuvlik uchun Serbiya va Kosova o’rtasida olib borilgan muloqatning muhim ekanligini, Turkiyaning bu xususda har qanday yordamga tayyor ekanligini ta’kidlaganligi ham eslatildi.

 



Aloqador xabarlar