Ismoil Qahramon amaliy tashrif bilan Shveytsariyada

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismoil Qahramon amaliy tashrif bilan Shveytsariyaga borar ekan u yerda Saudiya Arabistoni Podshohligi Sho’ro Kengashining raisi Abdulla Al ash-Shayx bilan uchrashuv o’tkazdi.

936999

Jenevadagi bir mehmonxonada bo’lib o’tgan uchrashuvda Adolat va taraqqiyot partiyasi, Jumhuriyat xalq partiyasi va Milliyatchi harakat partiyasi nomidan tashkil topgan hay’at ham Ismoil Qahramonga hamrohlik qildi.

Qahramon Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti haqida Saudiya Arabistoni Podshohligi Sho’ro Kengashining raisiga ma’lumot berar ekan ortidan ikki mamlakatning bir necha xalqaro tashkilotda birgalikda ishtirok etganligiga e’tibor qaratdi.  

Uchrashuvda Ismoil Qahramon shuningdek, Turkiya bilan Saudiya Arabistoni o’rtasidagi munosabatlarga putr yetkazadigan say-harakatlardan uzoq turilishi kerakligini ta’kidlagan holda, mazkur ikki mamlakatni bir-biridan uzoqlashtirishni ko’zlagan muhitning borligini e’tiborga olgan holda faoliyat olib borilishi kerakligini ifoda etdi.   

Aytib o’tish joizki TBMM raisi Qahramon, Shveytsariyada bo’lgan to’rt kunlik amaliy tashrifining oxirgi kunida yani bugun Parlamentlararo ittifoqining 138-assambleyasida ishtirok etadi.   

Aloqador xabarlar